Tilshunoslik nazariyasi
Bo’g’in va uning turlari. Sillabika bo’limi
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning fonetik bo’linishi.
2.Bo’g’in va uning turlari. Sillabika bo’limi
3. Bo’g’in va uning tuzilishiga ko’ra tiplari 4. Urg’u va turlari. Aksentologiya. Tayanch so’z va iboralar. Nutqning fonetik bo’linishi, fonetik birliklar, bo’g’in, sillabika, u’rg’u, aksentologiya, sillabika bo’limi, fraza, takt, nutq tovushi. Nutq ketma-ket kelgan tovushlar yig‘indisi yoki zanjirsimon ulanishdan iborat bo‘lib, u talafluz davriga ko‘ra oldinma-keyin kelgan fonetik birliklarga bo‘linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik birliklarga bo‘linishi nutqning fonetik bo‘linishi deb ataladi. Til materiya sifatida, eng awalo, havo qatlamlaridagi harakat natijasida hosil bo‘lgan tovush sifatida reallashadi. Jamiyat a’zolari o‘zaro tovushlar asosidagi nutq orqali munosabatda bo‘ladi. Shu bilan birga, nutq tartibsiz holda talaffuz etilgan tovushlar oqimidan iborat emas. Biz gapirayotganimizda nutq tovushlari oqimi muntazam ravishda o'zaro bog‘liq holda, ma’lum tartibda, ketma-ketlikda reallashadi. Nutq tovushlaming uzluksiz oqimidan iborat boMmay, ayrim nutqiy bo‘!aklarda namoyon bo‘ladi. Nutqning fonetik bo’linishi. Nutq fonetik jihatdan quyidagi birliklardan iborat bo’ladi: Fraza (jumla). Takt. So’z. Bo’g’in. Tovush. .Fraza (jumla) - (yun. phrusis - “ifoda”, “nutq”). Fraza ning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o'ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Frazalar taktdan tashkil topadi. Umuman, jumlalar biridan keyin ikkinchisini aytish uchun nafas olish bilan, ya’ni to‘xtamlar bilan ayrim - ayrim birliklarga ajratiladi: Do'stim, / uyqu yo'q. / yotishim bilan uyqum qochib /o'rnimdan turib ketaman / chiroq yoqib,/ kitob o ‘qish bilan tunni о ‘tkazaman. Bu misolda besh intonatsion - fonetik birlik to'xtam bilan ajratilgan. Havo yoqimli, suv go’zal. Ammo bu erdan tezroq ketish kerak. Fraza - fonetik birlik, gap esa grammatik (sintaktik) birlikdir. Jumlalar taktlarga bo’linadi. Takt intonatsion butunlik (jumla)ning bir bo’lagi bo’lib, u bosh urg‘u bilan birlashtiriladi. Takt bir yoki bir necha bo‘g‘indan iborat bo’ladi. Ko‘p tillarda urg‘u mustaqil ma’noli so‘zlaming o‘zida bo’lgani uchun ulaming har qaysisi bir takt bo’ladi. Yordamchi so‘zlar mustaqil ma’noli so‘zlar bilan birikib, bir taktni hosil qiladi. Masalan: Ustozim bilan gaplashib fakultet tadbiriga taklifnomalar jo^natdik. Bu jumla besh taktdan iborat. Taktlarda yordamchi so'zlarning mustaqil so‘zlar bilan birikib kelgan o‘rniga qarab enklitika va proklitika hodisalari farqlanadi. Yordamchi so‘zlar mustaqil ma’noli so'zlardan oldin yoki keyin ketishi mumkin. Odatda urg‘u olmagan so‘zlar urg‘u olgan so‘z bilan birikib keladi. Masalan: Faqat ukam keldi. Bu gapda ikkita takt bor. Urg‘u olmagan so‘z urg‘uli so'zdan oldin turib unga bogiansa, tilshunoslikda proklitik elementlar deb ataladi. Agar urg‘usiz so‘z urgiilidan keyin kelsa, enklitik elementlar, deb ataladi. Masalan, Bor ekan, yo ‘q ekan. Rus tilida ham proklitika, ham enklitika uchraydi. Masalan: Уехалили, иностранные делегаты в Москву? Turkiy tillarda jumladan, o‘zbek tilida, asosan, enklitika hodisasi uchraydi. Mustaqil urg’uga ega bo’lmagan yordamchi so’zlar o’zlari tobe bo’lgan mustaqil so’z bilan qo’shilib urg’u oladi. Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlar oldidan yoki davomidan kelishi mumkin. Mustaqil so’zlardan oldin kelgan yordamchi so’zlar proklitika (grek. oldinga), mustaqil so’zlardan keyin kelgan yordamchi so’zlar enklitika (grek. engashaman) deyiladi. Masalan: Talabalar uchun yangi yotoqxona qurildi. Jamoa yerlari traktor bilan haydaldi. Bu gaplarda talabalar uchun, traktor bilan taktlaridagi uchun, bilan yordamchi so‘zlari enklitikadir. Takt (lot. tactus - “tegish”, “sezish” ma’nolaridagi so‘z. Fonetikada “bo’lak”, “qism” kabi ma’nolami ifodalaydi). Frazaning ikki kichik pauza orasiga joylashgan va у agon a urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo'gindan iborat yigindisiga takt deyiladi. Frazada nechta urg‘u bo’lsa, shuncha takt bo’ladi. Takt grammatikadagi so‘z birikmasiga teng emas. Takt bo‘g‘inlardan iborat. So‘zda nechta unli tovush boisa, shuncha bo‘g‘in bo’ladi. Ba’zi tillarda sonorlar ham bo‘g‘in hosil qiladi; Trnka so‘zi (chex tilidagi so‘z bo’lib, ikki bo‘g’indan iborat). So’z takt ichida yoki o’zicha alohida urg’u bilan aytiladigan bo’lakdir. Rus tilida ikki hodisa ham mahsuldor, turkiy tillarda esa enklitika ko’p uchraydi. Bo‘g‘in. Bo‘g‘in bir yoki bir nechta tovushdan tahkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo‘g‘in ta’rifiga aloqador bir qancha nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling