Tilshunoslik nazariyasi
Gap urg‘usi yoki logik urg‘u
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
Gap urg‘usi yoki logik urg‘u. Ovozni kuchaytirish yoki ko‘tarish yordamida gap tarkibidagi biror-bir so‘z ajratib talaffuz etiladi.
Gapda ajratib talaffuz etish hodisasi gap urg‘usi yoki logik urg‘u deb ataladi. Logik urg‘u tufayli gap turli xil mazmunga ega bo‘ladi. Logik urg‘u yordamida mantiqiy tomondan muhim va butun e’tiborni qaratish kerak bo‘lgan so‘z ajratib talaffuz etiladi. Logik urg‘u gapdagi har bir so‘zga tushishi mumkin. Logik urg‘uning ifodalanishi dunyo tillarda turlichadir. Masalan, rus tilida urg‘u tushgan so‘zdagi so‘z urg'usi у ana ham kuchliroq talaffuz qilinadi. Fransuz tilida logik urg‘u olgan so‘zning birinchi bo‘g‘ini so‘z urg‘usini oladi. O‘zbek tilida logik urg‘u olgan so‘z kesimdan oldingi o‘ringa ko‘chiriladi. Masalan: Akam Moskvadan bugun heldi (kecha emas, bugun). Akam bugun Moskvadan keldi (Toshkentdan emas, Moskvadan). Bugun Moskvadan akam keldi (do‘stim emas, akam). Nutqning ohangdorligi intonatsiya deb ataladi. Gap ohangi turli vazifalami bajaradi. Masalan, uning eng muhim vazifalaridan biri sintaktik funksiyasi hisoblanadi. Bunda ohang yordamida tasdiq, savol, hayajon kabilar ifodalanadi. Intonatsiya yordamida so‘z birikmasi, gapga tegishli yoki tugallanmagan gapning bir qisinini aniqlash mumkin. Intonatsiya melodika, ibora urg‘usi, temp (nutq sur’ati), tembr (ovozning neytral va emotsional sifati) pauza, ritm (urg'uli va urg‘usiz bo‘g‘inlar almashuvi) majmuyi bo‘lib, so‘zlovchining his-hayajoni, maqsadi va fikrini ifodalovchi prosodik birlikdir. Demak, intonatsiya ohang emas, ohang - intonatsiyaning bir komponenti melodikaga to‘g‘ri keladi. Melodikaning pasayuvchi, ko‘tariluvchi turlarini qo‘shma gaplarda kuzatish mumkin. Masalan: U kelsa (ko‘tariluvchi), biz boramiz (pasayuvchi). Intonatsiyaning komponentlariga quyidagilar kiradi: 1. Melodika 2. Fraza urg‘usi 3. Intensivlik 4. Ritm 5. Nutq tempi 6. Ovoz tembri. Nutq tovushlarini o'rganuvchi aspektlardan biri fonologiya deb yuritiladi. Nutq toviishJarining vazifaviy qiymatini fonologiya o‘rganadi. Fonologiyaning o'rganish obyekti fonemadir. Fonema so‘z, so‘z shakllari va morfemalami tashkil etuvchi, ma’no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo‘laklarga bo‘1inmaydigan til birligidir. Masalan, tup - tub; quy - qo ‘y; sut - sud so'zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq qiluvchi so‘zlar kvaziomonimlar deb yuritiladi. Fonemalarning bogianishi, o‘zaro munosabati fonologik tizimni tashkil etadi. Tilshunoslik tarixida tovush sistemasini o‘rganishda ikki davr farqlanadi: 1) “fonema” tushunchasi shakllanishiga qadar boMgan davr; 2) fonologiya, ya’ni XIX asming ikkinchi yarmi va XX asrda fonema nazariyalarining yuzaga kelish davri. Birinchi davrda fonema va tovush, ba’zan harflar o‘rtasidagi farq aniq ko‘rsatilmay, tovushlaming talaffuzi so‘zlardagi u yoki bu holatda etimologik o‘zgarishlarga uchrashiga ko‘proq e’tibor berilgan. Fonologiya davrida ular o'rtasidagi farq oydinlashtirildi va tovushlar, keyinchalik, bo‘g‘in. urg‘u va intonatsiyaning tildagi funksional tomonlari o'rganila boshladi. “Fonema” atamasini keng ta’riflagan, bu tushunchaga asos solgan olim I.A.Boduen de Kurtenedir. “Fonema” atamasini o‘zbek tilshunosligida birinchi bo’lib professor U.D.Polivanov qo’llagan. Hozirgi tilshunoslikdagi ikki taiim ot - Moskva va Leningrad fonologiya maktablari nazariyalari turkiy tillarga ham tatbiq etilmoqda. Fonema (grekcha phone - tovush, ovoz) nutqni tovush tomondan shakllantirishda ishtirok etuvchi vosita sifatida tilning eng kichik birligidir. Chunki nutqning muhim elementi sanalgan so‘zlar, uning ma’noli qismlari (morfemalar), So‘z formalari ana shu fonemalar vositasida shakllanadi va shu fonemalar yordamida ma’no jihatidan o‘zaro farqlanadi. Fonema tilning eng kichik birligi sifatida tilning fonetik sistemasida muhim o‘rin tutadi. Fonema insonlar jamiyatining asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutqni shakllantiruvchi so‘zlarning asosiy elementidir. Tilning eng kichik qurilish materiali sifatida fonemalaming eng muhim, bosh vazifasi - fonologik xususiyati morfema, leksema. so‘z kabi ma’no ifodalovchi birliklami hosil qilish - ularning tovush tomonini shakllantirish hamda o‘mi bilan tovush jihatini farqlash kabi ijtimoiy vazifalami bajarishdir. Nutq tovushlari o‘zining fiziologik, akustik va fonologik xususiyatlari bilan tovushlardan farq qiladi. Nutq tovushlarining fonologik xususiyati - fonematik holati, ya’ni so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilishi, uning muhim ijtimoiy mohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Faqat ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan, ijtimoiy aloqa vositasi sanalgan tilning muhim birligi sifatida xizmat eta oladigan tovushlargina fonema sanaladi. Shuning uchun ham har bir konkret tilda tovushlar soni ko‘p bo’lgani holda, fonemalar soni adabiy til, yozuv uchun qonunlashtirilgan tovushlar soni bilan cheklanadi. Mutaxassis-nazariyachilar fonemani turlicha talqin qiladilar, turlicha ta’riflaydilar. A.Abduazizov “fonema”ga shunday ta’rif beradi: “Fonema - tildagi ma’nodor birliklar bo’lgan so‘z va morfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlash uchun xizmat qiluvchi, tilning eng kichik, o‘zi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan birlikdir”. Fonema murakkab birlik bo’lib, turli artikulyatsion-akustik belgilami o‘z ichiga qamrab olgan va bu belgilardan tashkil topgan. Masalan, t fonemasida portlovchilik belgisini s fonemasidagi sirg‘aluvchilik belgisiga qiyoslab ajratib ko‘rsatish mumkin: tol-sol-, к fonemasidagi jarangsizlik belgisini g fonemasidagi jaranglilik belgisi bilan qiyoslash mumkin: kul - gul. Demak, fonema turli belgilaming majmuyi sifatida namoyon boiadi. Xususan, til oldi, tish, portlovchi, jarangli belgilarning yigindisi d fonemasini tashkil etadi. Shu belgilardan biri jarangli d fonemasini jarangsiz t fonemasidan farqlaydi. Ana shunday bir fonemani ikkinchisidan farqlash uchun xizmat qiluvchi artikulyatsion yoki akustik belgilar farqlanish belgilari yoki fonologik belgilar deb ataladi, fonema tarkibida farqlanish belgilari bilan birga tovushlarni farqlamaydigan, fonologik boimagan belgilar ham bor. Masalan, o‘zbek tilida unlilaming cho‘ziq-qisqaligi, undoshlaming yumshoq-qattiqligi fonologik jihatdan ahamiyatsizdir. “Fonologiyada tovushlar bilan bog’liq, ma’noga ta’sir etmaydigan kichik farqlanishlar nazarda tutilmaydi. Quyida ikki so‘zlovchi nutqini kuzatamiz: bir so‘zlovchining “Ssh!” (“Jim bo’ling” ma’nosida) va boshqa so‘zlovchining ayni “Ssh!”ni boshqacha talaffuz qilishi fonolog olimni qiziqtirmaydi. Barcha tovushlar farqlanadi. Fonologiya bunday farqlanishlarni tahlil etmaydi. Fonologiya “sh” (shoe so‘zidagidek) va “s” (sue so'zidagidek) tovushlari orasidagi farqlanishlarga e’tibor qaratadi. Fonologiyaning birligi - fonema. Vengr tilida talaffuz qilish juda oson, Chunki bir harf bitta tovushga to‘g‘ri keladi. Istisnoli holatlar venger tilida ham kuzatiladi. Vengr so‘zlari, masalan, mosd, Idsd, nevesd, iisd so‘zlaridagi -^sd “sh” tovushiga monand, ya’ni “zh” tarzida talaffuz qilinadi: mozsd, lazsd, nevezsd, uzsd.53 Vengr tilidagi mozsd so‘zini tovush jihatidan tahlilga tortamiz. Bunda eng so‘nggi tovush “sh” talaffuz etilmaydi. Chunki undoshdan so‘ng yana bir undosh qo'shilgan: mos+d, shuning uchun ikkinchi undoshni talaffuz etish imkoniyati yo‘q. Birnda (/s/) tovushi ham, (/df) tovushi ham shovqinli tovush hisoblanadi, shuning uchun vengr tilida bu tovushlar yonma-yon kelganda /z/ tarzida talaffuz etiladi. Bunday holat ingliz tili uchun ham xosdir. Masalan, biror /sh/ tovushi bilan tugagan so‘zni olaylik, aytaylik, wash (yuvmoq) so‘zi boisin. Uning o‘tgan zamondagi shaklini hosil qilish uchun /edJ shaklidan foydalaniladi (washed - yuvdim). Bunda talaffuzda qiyinchiliklar yuzaga keladi, ya’ni /sh/ tovushi shovqinli, /d/ esa ovozdor tovushdir. Ingliz tili ona tili hisoblangan inglizlar wazhed yoki washt tarzida talaffuz qiladi. Ingliz tilida r ’s tovush birikmasi talaffuzi vengr tilidan farqlanadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, Chunki bu tovushlar nemis hamda fransuz tillarida ham boshqacha talaffuz qilinadi. Ingliz tilining ba’zi sheva larida esa umuman talaffuz qilinmaydi. Agar “hip-hop” musiqani sotib olsangiz (internet orqali) yoki musiqaning nomiga qarasangiz, albatta, Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling