Tilshunoslik nazariyasi
Mavzu bo’yicha tayanch atamalar
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutq tovushlari tasnifi
Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: unli fonemalar, undosh fonemalar, vokalizm, konsonantizm, hosil bo’lish o’rni, hosil bo’lish usuli, ovoz va shovqin ishtiroki, tarkibi, tovush paychalari ishtiroki, kombinator, pozitsion o’zgarishlar, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, akkomodatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya. Nutq tovushlari tasnifi. Tilidagi fonemalar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
Unli fonemalar. Undosh fonemalar. Unli fonemalar. Un paychalarining tebranishi bilan paydo bo’ladigan fonemalar unli fonemalar deyiladi. Unlilar talaffuz qilinganda o’pkadan chiqayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’ida biror to’siqqa duch kelmaydi. Og’iz bo’shlig’i unli tovushlarning hosil bo’lishida rezonatorlik vazifasini o’taydi. Nutq apparatining holati unlilar talaffuzida asosan bir xil bo’ladi, havo oqimi esa kuchsizroq harakterga ega bo’ladi. Undosh fonemalar ham og’iz bo’shlig’ida paydo bo’ladi, lekin ular shovqindan iborat bo’ladi yoki ularning ayrimlarida qisman shovqin qatnashadi. Undoshlar talaffuzida o’pkadan chiqadigan havo oqimi bo’g’izdagi un paychalarini ba`zan titratmay o’tadi. Undoshlar, og’iz bo’shlig’idagi organlarning to’sqinligiga duch keladi, buning natijasida havo oqimi portlab yoki sirg’alib chiqadi. Har-bir tildagi unlilar tizimiga vokalizm (lotincha ovozli) deyiladi. Masalan, hozirgi o’zbek adabiy tilida oltita unli fonema bo’lib, ular yozuvda olti harfiy belgi bilan ifodalanadi.
Har-bir tilning unlilar tizimi o’zlarining artikulyatsion, hosil bo’lishi xarakteri va belgilariga qarab tasnif qilinadi. CHunonchi, hozirgi o’zbek tilida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi. Tilning ko’tarilish darajasiga ko’ra. Og’izning ochilish darajasiga ko’ra. Lablarning ishtirokiga ko’ra. Tilning gorizontal ko’tarilish darajasiga ko’ra unli fonemalar ikkiga bo’linadi: 1) til oldi yoki old qator unlilar: e, i, a; 2) til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o’,o. Rus tilida unlilar bu jihatdan uchga bo’linadi. Bunda til o’rta unlilari ham ajratilib, unga ‘, a unlilari kiritiladi. Og’izning ochilish darajasiga ko’ra, unli fonemalar uch guruhga ajraladi: Tor unlilar: i, u. O’rta keng unlilar: e, o’. Keng unlilar: a, o. Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar ikkiga bo’linadi: Lablangan unlilar: o’, u, o. Lablanmagan unlilar: a, i, e. Unlilarning ko’rsatilgan artikulyatsion xususiyatlari ularning sifat belgilari deyiladi. Unli tovushlarning cho’ziq va qisqaligi esa miqdor belgisi bo’lib bu belgi talaffuz vaqti bilan o’lchanadi. Unli tovushlar monoftong va diftonglarga bo’linadi. Turg’un talaffuzga ega bo’lgan unlilar monoftonglar deyiladi. Ikki unli tovushdan tashkil topib, har ikkalasi ham bir bo’g’inda yoki bir morfemada bo’luvchi, talaffuz davomida nutq organlari bir holatdan ikkinchi holatga ko’chuvchi tovushlar diftonglar deyiladi. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling