Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet32/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.


Yordamchi adabiyot:


  1. Решетов В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. Т., “Ўқитувчи”, 1978.

  2. Шоабдураҳмонов Ш. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. Т., “Ўқитувчи”, 1980.

  3. Ўз СЭ. 11-сон. Т., 1978. 282-283 – б.

  4. Қиличев Э. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Б., “Бухоро университети”, 1999.



10 -MAVZU. YOZUV – MADANIY TARAQQIYOT MAHSULI
REJA:

  1. Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari.

  2. Transkriptsiya va uning xususiyatlari.

  3. Transliteratsiya.

  4. Grafika.

  5. Orfografiya.

  6. Orfoepiya.



Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: piktografiya, ideografiya, ieroglif, finiki, alifbe, transkriptsiya, transliteratsiya, grafika, orfografiya, orfoepiya.
Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari. Yozuv kishilarning o’zaro aloqa qilishida, fikr almashishida muhim vosita hisoblanadi. Yozuvning paydo bo’lishi, aloqaning maxsus vositasi sifatida xizmat qilishi jamiyat uchun katta ahamiyatga egadir. Yozuv tufayli kishilik tajribasi avloddan avlodga etkazilmoqda.
Yozuvning hozirgi ko’rinishlari ehtiyoj tufayli, qator izlanishlar hamda dastlabki yozuvning uzoq vaqt davomida takomillasha borish natijasida paydo bo’ldi.
O’tmishda odamlar ba`zi voqea-hodisalar haqidagi xabarni uzoq masofaga etkazish niyatida har xil predmetlar, ranglardan foydalaganlar. Masalan, qora rang – o’limni, qizil rang – urushni, oq rang – yarashishni, ko’k rang – nonni ifodalagan. Yoki qo’shnilariga qilich, qalampir berib yuborish bilan ham o’z fikrlarini, ularga bo’lgan munosabatini bildirishgan. Jamiyatning keyingi davrlarida kishilar turli tayoqlarga iplarni tugib yuborib o’z fikrlarini ifodalaganlar. Buning namunasi sifatida peruliklarning kipu, irokezlarning vampum yozuvlarini ko’rsatish mumkin.
Kishilik jamiyati asta-sekinlik bilan tugun yozuvidan piktografik yozuvga o’tgan. Piktografik yozuvda qadimgi kishilar ba`zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan.
Jamiyatning taraqqiyoti natijasida narsalarning rasmini chizish ancha ko’p vaqtni oladi. SHundan so’ng ideografik yozuv paydo bo’ladi. Bunda narsalarning rasmini emas, balki shaklini chizganlar. Tildagi har bir so’z o’z shakliga ega bo’lgan.
Ideogrfik yozuvning biroz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuv deb yuritiladi. Ieroglifik yozuv eng avval Misr bilan Xitoyda paydo bo’lgan. Bu yozuv fonografik yozuvning yaratilishi uchun zamin tayyorlab berdi. Fonografik yozuv ham ko’p ko’rinishlarga ega. SHulardan biri bo’g’in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo’g’inlarni ifodalaydi. Ossuriya va Vavilondagi mix yozuvining ayrim belgilari bir tovushni, bir bo’g’in yoki so’zni ifodalaydi.
Hindistondagi devanagari yozuvi 50 ta belgiga ega: 13 tasi unlini, so’z yoki bo’g’in boshida keladigan diftongni, 33 tasi bo’g’inni ko’rsatadi, 4 tasi yordamchi belgidir. Bu yozuvga ko’ra bo’g’in belgilari sillabogramma deb yuritiladi.
Piktogramma, sillabogramma va ideogrammalar evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo’ldi. Masalan, finikiy yozuvida (t) belgisi alif deb atalib, ho’kiz ma`nosini ifoda etgan.
Alifbe Nil daryosi bo’yiga bostirib kirgan giksos qabilalari tomonidan yaratilgan. Alifbe so’zi ham giksoscha bo’lib, alif - ho’kiz, be – uy demakdir.
Alifbeni giksoslardan finikiyaliklar olib, o’z alfavitlarini yaratadilar. Finikiyaliklarning yozuvi boshqa xalqlar o’rtasida juda tez tarqaldi. Dunyodagi ko’pchilik fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuv tizimi asosida vujudga kelgan.
Bu yozuv uch tarmoq asosida rivojlanadi:
1. Aramey-Suriya tarmog’i. Bu tarmoq asosida arab yozuvi yaratildi. Aramey yozuvi asosida uyg’urlar o’z yozuviga ega bo’ldi. Uyg’ur yozuvi negizida mo’g’ul va manjur yozuvlari vujudga kelgan.
2. Janubiy Arabiston tarmog’i. Bu tarmoq asosida efiop, hind, tibet yozuvlari paydo bo’ldi.
3. Yunon-Evropa tarmog’i esa yunon, latin, slavyan, umuman Evropa xalqlarining yozuvini yaratishga asos bo’ldi.
Harf – tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to’rt xil yozuv tizimidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30 foizi, slavyan – kirilitsa yozuvidan 10 foizi, arab yozuvidan 10 foizi, hind yozuvidan 20 foizi foydalanadi.
Yozuvning maxsus turlari ham mavjud. Stenografiya, transliteratsiya va transkriptsiya yozuvning maxsus turlariga kiradi.
Transkriptsiya. Alfavit tarkibidagi harflar nutqimizning asosiy tovushlarini ifodalasa-da, ularning turli – tuman o’zgarishlarini to’la aks ettirmaydi. Ma`lum til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini, ayrim shaxslar nutqini maxsus belgilar yordamida yozib olishga transkriptsiya deyiladi. Transkriptsiya ikkiga bo’linadi: fonetik va fonologik transkriptsiya.
Fonetik transkriptsiyaga ko’ra har bir tovush uchun maxsus belgi qo’yiladi. Bunda tovushlarning har bir varianti uchun alohida belgi qabul qilinadi. SHu sababli u ba`zan allofonik transkriptsiya deb ham yuritiladi. Fonetik transkriptsiya belgilari kvadrat qavs ichida ko’rsatiladi: r,k.
Fonologik transkriptsiya esa so’z, so’z shakllari va morfemalarni farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi qo’yish printsipiga asoslanadi. Bunda fonemaning variantlari hisobga olinmaydi. Fonologik transkriptsiya belgilari vertikal chiziqda / r / / g / / k / tarzda beriladi.
Xalqaro fonetik assotsiatsiya taklif etgan transkriptsiya tizimi lotin alfavitidagi harflarni qisman o’zlashtirish asosida tuzilgan. Bu transkriptsiya «Xalqaro fonetik alfavit» nomi bilan ataladi. Undagi tovushlarning ayrim xususiyatlarini ko’rsatuvchi belgilar diakritik belgilar deyiladi. SHunga ko’ra transkriptsiyada belgilar soni alfavitdagi harflar sonidan ko’p bo’ladi, unda bosh harflar bo’lmaydi. Masalan, o’zbek tilidagi i unlisi uchun transkriptsiyada i,i,’,` belgilari olingan.
Transliteratsiya. Dunyodagi ko’pgina tillar o’z yozuvi va tovushlar tizimi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu tildagi so’zlarni boshqa tilda yozish uchun amaliy transkriptsiyadan foydalaniladi. Bunday amaliy transkriptsiya ko’pincha transliteratsiya deb yuritiladi. Bir tildagi so’zlarni ikkinchi tilda yozish, so’zlarning talaffuzini qayd etish uchun moslashtirish zarur bo’ladi: jiyda-djida, juma-djuma, Samarqand – Samarkand kabi.
Grafika. Grafika (grek. - yozilgan) harflarning yozilish shakllarini va harf bilan tovush orasidagi munosabatni o’rganadigan fandir. Harflarning yozilish shakllari, turlari, xususiyatlari, so’zlardagi o’rni va ular ifodalagan tovushlarning xususiyatlari kabi masalalar grafikaning o’rganish obyektidir.



Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling