Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet30/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Undosh fonemalar. Har bir konkret tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lot. undosh tovush) deb ataladi. Masalan, hozirgi o’zbek adabiy tilida undoshlar 26 ta bo’lib, ular yozuvda quyidagi 23 ta harf va harfiy birikmalar bilan ifodalanadi: b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, ch, g’, ng, sh.
Undosh fonemalar talaffuzida nutq organlarining holati har xil bo’ladi. Nutq organlari o’pkadan keladigan havoni turli xilda to’sadi, havo esa to’siqlarni yorib tashqariga chiqadi.
Undosh fonemalar quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra;

  2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra;

  3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;

  4. Tarkibiga ko’ra;

  5. Tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra.

Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undosh fonemalar quyidagicha uch asosiy gruppaga bo’linadi:
a) lab undoshlari;
b) til undoshlari;
v) bo’g’iz undoshlari.
Lab undoshlari ikki labning bir-biriga jipslashuvi natijasida hosil bo’ladi: b, p, m, v, f. Lab undoshlari ikki xil bo’ladi:
a) bilabial, ya`ni lab-lab undoshlari: b, p, m, v;
b) labio-dental, ya`ni lab-tish undoshi: f, v.
Undoshlar tilning turli o’rinlarida paydo bo’ladi. Ular to’rtga bo’linadi:

  1. Til oldi undoshlari: t, d, n, p, l, s, sh, ch.

  2. Til o’rta undoshi: y.

  3. Til orqa undoshlari: k, g, ng.

  4. Chuqur til orqa undoshlari: q, g’, h.

Bo’g’iz undoshi bo’g’iz bo’shlig’ida hosil bo’ladi. Bu undosh – h.
Hosil bo’lish usuliga ko’ra undosh fonemalar uchga bo’linadi.

  1. Portlovchilar.

  2. Sirg’aluvchilar.

  3. Qorishiq undoshlar.

Portlovchi undoshlar artikulyatsiya qiluvchi ikki organning o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqadigan havoning ma`lum zarb bilan portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b, p, d, t, k, g, q.
Undoshlardan ch, j kabilar tarkibiga ko’ra qorishiq (affrikativ) portlovchilardir.
Sirg’aluvchilar ikki organning o’zaro jipslashmay, faqat bir qadar yaqinlashishi va havo oqimining ikki organ orasidan sirg’alib chiqishidan hosil bo’ladi. Bular: v, f, s, z, sh, h, g, h.
Sonor undoshlar ham portlash, ham sirg’alish xususiyatiga egadir. Bular uchga bo’linadi:
1. Burun tovushlari: m, n, ng.
2. YOn tovushlari: l.
3. Titroq tovushlar: r.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra, undoshlar dastlab ikkiga bo’linadi:
1. Sonorlar.
2. Shovqinlar.
Sonorlar talaffuzida un paychalari faol ishtirok etadi: m, n, ng, l, r.
Shovqinli undoshlar un (tovush) paychalarining ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: jarangli undoshlar va jarangsiz undoshlar.
Jarangli undoshlar talaffuzida un paychalari qisman ishtirok etadi. Bular: b, v, g, d, z, j, y, g, ch.
Jarangsiz undoshlar talaffuzida un paychalari ishtirok qilmaydi va faqat shovqindan iborat bo’ladi: p, f, k, t, s, sh, x, ch, q.
Bir qator jarangli undoshlar o’z jarangsiz juftlariga egadir: b-p, v-d, z-s, j-sh, j-ch, g-x.
Nutq tovushlarining o’zgarishi. So’zlar talaffuz qilinganda ayrim tovushlar o’zaro bir-biriga ta`sir qiladi, natijada tovush o’zgarishi ro’y beradi.
Nutq tovushlarining o’zgarishi ikki xil bo’ladi:
1. Kombinator o’zgarishlar. 2. Pozitsion o’zgarishlar. Nutqda tovushlarning qo’shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o’zgarishi kombinator o’zgarishlar deyiladi. Tovushlar kombinator o’zgarishlariga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, akkomodatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza, singarmonizm kabi fonetik hodisalar kiradi.
Assimilyatsiya (lot. o’xshab ketish) tovushlardan biri ikkinchisini o’ziga o’xshash tovushga aylantirsa, bunday o’zgarish assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki ko’rinishga ega bo’ladi:
1. Progressiv assimilyatsiya. 2. Regressiv assimilyatsiya. Oldingi tovush o’zidan keyingi tovushni o’ziga o’xshatib kelsa, progressiv assimilyatsiya deyiladi. Masalan, o’tdi-o’tti, otday-ottay, etdi-etti kabi. Agar keyingi tovush o’zidan oldingi tovushni o’ziga o’xshatib olsa, regressiv assimilyatsiya hosil bo’ladi. Masalan: birta-bitta, nonvoy-novvoy kabi.
Shuningdek, assimilyatsiya to’liq va to’liqsiz bo’ladi. Agar bir tovush ikkinchi tovushni aynan o’zi kabi tovushga aylantirsa, to’liq assimilyatsiya hosil bo’ladi: sizni-sizzi, tuzsa-tussa, sharni-sharri. Aksincha bir tovush ikkinchi tovushni o’ziga qisman o’xshatib olsa, to’liqsiz assimilyatsiya yuzaga keladi: oshgan-oshkan, mazkur-maskur.
Nutq jarayonida bir-biriga o’xshash tovushlarning bir-biriga o’xshamay qolishi dissimilyatsiya (lot. noo’xshov) deb ataladi. Masalan: koridor-kolidor, zarar-zaral, devor-devol, tramvay-tranvay.
Bir tovush talaffuzining ikkinchi tovush talaffuziga moslashishi akkomodatsiya (lot. muvofiqlashuv) deyiladi.
O’zbek tilida i, e, a til oldi unlilari x, g’, q chuqur til orqa undoshlaridan keyin til orqa unlilari bo’lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi.
So’z tarkibidagi qator undoshlardan birining tushib qolishi diereza (grek. kiritish) hodisasi deyiladi. Masalan: traktor – traktir, doklad – dokolad, sinf – sinif, krovat – karavat, tramvay- taramboy.
Tilda bir-biriga o’xshash bo’g’inlardan birining tushib qolishi gaplologiya deb ataladi. Masalan: znamenonosets – enamenosets, mineralologiya – mineralogiya kabi.
Talaffuzda so’zning old tomonidan biror tovushning orttirilishi hodisasiga proteza deyiladi. Masalan: stol – ustal, rumol – uramol, spravka – ispravka.
Talaffuz jarayonida so’z tarkibidagi tovushlarning o’zaro o’rni almashish hodisasi metateza sanaladi. Masalan: daryo – dayro, supra – surpa, yomg’ir – yog’mir, tuproq – turpoq kabilar.
So’zning birinchi bo’g’inidagi unlining xarakteri va sifatiga qarab, boshqa bo’g’inlardagi unlilarning ohangdoshlashib moslashuviga singarmonizm (grek. birga, ohangdoshlik) deyiladi.
Singarmonizm ikki xil ko’rinishga ega:
1. Palatal (tanglay) singarmonizm.

  1. Labial singarmonizm.

Palatal singarmonizm o’zbek tilidan boshqa hamma turkiy tillarda mavjud. Labial singarmonizm hamma turkiy tillarda bir xil emas. Bu hodisa o’zbek xalq shevalarida qisman uchraydi: mumkun, bo’lum, buvu, o’g’ul, so’lum kabi.
Nutq tovushlarining so’z boshida, oxirida, urg’uli, urg’usiz bo’g’inda kelishiga qarab o’zgarishi pozitsion o’zgarish deb ataladi. So’z oxirida undoshlarning jarangsizlanishi, reduktsiya, eliziya hodisalari pozitsion o’zgarishlar qatoriga kiradi. Masalan, so’z oxirida ba`zi jarangli undoshlar jarangsizlashadi: deb – dep, kitob – kitop, baland – balant kabi.
Urg’usiz bo’g’inlarda unli tovushlarning kuchsizlashishi yoki tushib qolishi reduktsiya (lot. qisqartmoq) deyiladi: direktor – direktir, rektor – rektir kabi.
Urg’usiz bo’g’in tarkibidagi unlining tushib qolish hodisasiga eliziya (lot. itarib chiqarmoq) deb ataladi: bag’ir – bag’ri, og’iz – og’zi, o’g’il – o’g’li kabi.
Bir tildagi so’zlarning har xil shakllarida tovushlar almashuvi ro’y beradi. Bunday tovushlar almashuvi al’ternatsiya (lot. almashuv) deyiladi. Almashuvchi tovushlar esa al’ternatlar deb ataladi. Tovushlarning almashuvi fonetik va tarixiy xarakterga ega bo’ladi.
Tilning hozirgi talaffuz me`yori asosida ro’y beruvchi al’ternatsiyaga fonetik almashinuv deb aytiladi. Masalan, bilak – bilagi, tilak – tilagi, sariq – sarg’aymoq, uyqu – uyg’onmoq kabi. Bu hodisa slavyan tillarida ko’p uchraydi.
Ba`zi tovushlar almashuvi tarixiy faktlar asosida aniqlanadi. SHu sababli ular tarixiy al’ternatsiya deyiladi.
Suprasegment elementlar. Suprasegment elementlarga bo’g’in, urg’u va ohang kiradi.
Urg’u. So’z bo’g’unlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishiga urg’u deyiladi. Urg’u qabul qilgan bo’g’un urg’uli bo’g’in deb ataladi. Urg’u ob`ektiga ko’ra ikki xil bo’ladi: so’z urg’usi, fraza urg’usi.
Urg’u unli tovushga tushadi va bunday urg’u so’z urg’usi yoki leksik urg’u deb ataladi.
Leksik urg’u dunyo tillarida har xil xarakterga ega bo’ladi:
1. Agar leksik urg’uning o’rni har doim ma`lum bir bo’g’inda bo’lsa, bunday leksik urg’u bog’liq (turg’un) urg’u deyiladi. Masalan, turkiy tillar, frantsuz, polyak tillari uchun ana shunday bog’liq urg’u xarakterlidir.
2. Leksik urg’uning o’rni ma`lum bo’lmay, so’zlarning turli bo’g’inlariga ko’chib yursa, erkin urg’u deyiladi. Bunday xususiyat rus tili uchun ko’proq xarakterlidir.
Tilda leksik urg’udan tashqari fraza urg’usi yoki mantiqiy urg’u (gap urg’usi) ham bo’ladi. Gap tarkibidagi so’zlardan birining yoki bir nechasining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishiga mantiqiy urg’u deyiladi. Gapning turli ottenkalarini mantiqiy urg’u orqali ifoda etish mumkin.
Leksik urg’u fonetik hodisa bo’lsa, mantiqiy urg’u sintaktik hodisadir. SHunga muvofiq leksik urg’u fonetikada, mantiqiy urg’u grammatikada o’rganiladi.
O’z sifatiga ko’ra urg’u uchga bo’linadi:
1. Dinamik urg’u.
2. Muzikal urg’u.
3. Kvantitativ urg’u.
Agar urg’u tushgan unli tovush kuchli va shiddat bilan bir qadar cho’ziq talaffuz etilsa, bunday urg’uga dinamik urg’u deyiladi. Dinamik urg’u rus, ukrain, belorus, arman, qozoq, ozarbayjon, o’zbek tillari uchun xarakterlidir.
Urg’u tushgan unli tovush baland ohang bilan aytilsa, bunday urg’u muzikal urg’u deb yuritiladi. Muzikal urg’u serb, litva, xitoy va yapon tillariga xosdir. Masalan, xitoycha ma so’zi urg’uga qarab ona, ota, keng, haqorat ma`nolarini ifodalaydi.
Agar bo’g’inning cho’ziq talaffuzi urg’uda asosiy bo’lsa, kvantitativ urg’u deyiladi. Bu xil urg’uning bir turi emfatik urg’u deyiladi.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling