Tilshunoslik nazariyasi


Leksikologiya - tilning lug’at tarkibini o’rganuvchi bo’lim


Download 204.69 Kb.
bet38/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Leksikologiya - tilning lug’at tarkibini o’rganuvchi bo’lim. Ma`lumki, so’z tilning eng asosiy va markaziy birligidir. Muayyan bir tilda mavjud bo’lgan barcha so’zlar yig’indisi shu tilning lug’at tarkibi yoki leksikasi deb ataladi. Leksikologiya tilshunoslikning til leksikasini, lug’at tarkibini o’rganuvchi bo’limidir.
Leksikologiya tilning leksikasini ichki va tashqi tomondan tekshiradi. Ichki tomondan tekshirish so’zlarni ma`nolariga qarab tasvirlash va tahlil qilishdan iborat.
Tashqi tomondan esa leksikologiya lug’at tarkibining ahvolini o’rganadi. Bunda lug’at tarkibidagi so’zlarning tilda qo’llanilishi, tarixiy qatlamlari, boyib borishi va asta-sekin taraqqiy qilishi kabi masalalar o’rganiladi.
So’zda tilning ifoda plani (tovush jihati) va mazmun plani (ma`no jihati) namoyon bo’ladi.
Tilning tovush tuzilishini o’rganuvchi jihati - fonetikada birliklar o’z ma`nolariga ega bo’lmagani sababli bir planli, ya`ni ifoda plani bilan chegaralangan birlik sifatida qaraladi. Boshqa birliklar (so’z, so’z birikmasi, gap) esa ikki planga – ifoda va mazmun planiga egadir.

Tilning lug’at tarkibi. Tilda bor bo’lgan barcha so’zlar yig’indisi uning lug’at tarkibini tashkil etadi. Har bir til o’zining lug’at tarkibiga ega bo’lib, ko’plab so’zlarni o’z ichiga oladi. Eng mukammal tuzilgan lug’at ham tildagi barcha so’zlarni o’zida qamrab ololmaydi.


Lug’at tarkibidagi so’zlar ishlatilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: faol va nofaol (aktiv va passiv) so’zlar. Kundalik turmushda qo’llanilishi odat bo’lib qolgan, yangi xususiyatlari bo’lmagan so’zlar faol (aktiv) so’zlar deb yuritiladi. So’zlarning faolligi umumiylik til doirasida bo’lishi bilan birga, biror kasb sohasida ham bo’ladi. Masalan, umumtil miqyosida: ish, uy, bor, kel, choy, kon, suv, gul, yo’l, kir, chiq; o’qituvchilar nutqida: darslik, sinf, jurnal, bo’r, dars, soat kabi.
Hozirgi tilda kundalik aloqa uchun zarur bo’lmagan, kam ishlatiladigan so’zlar nofaol (passiv) so’zlar deb ataladi.
Tildagi nofaol so’zlar hayotdagi yangiliklarni yoki eskirib qolgan tushunchalarni anglatgani uchun turli o’zgarishlarni aks ettirib turadi.
Leksikologiya tilning lug’at tarkibini guruhlarga va qatorlarga ajratib o’rganadi.
Qo’llanilishi ma`lum bir hudud bilan chegaralangan so’zlar dialektizmlar deb ataladi va ular ham alohida guruhni tashkil qiladi: shoti (narvon, arava qismi), pashsha (chivin).
Lug’at tarkibidagi fan va texnika sohalarida ishlatiluvchi so’zlar terminlar, ularni o’rganuvchi soha esa terminologiya deyiladi. Nutqda terminlar ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lmaydi.
Tilning lug’at tarkibidagi so’zlar asosan quyidagilarga bo’linadi: 1) umumxalq ishlatadigan so’zlar; 2) shevalarga xos so’zlar (dialektizmlar); 3) kasb-hunarga oid so’zlar (terminologik yoki profissional leksika); 4) eskirgan so’zlar (istorizm va arxaizm); 5) neologizmlar; 6) jargon va argotika; 7) ekspressiv-stilistik leksika.
Til lug’at tarkibining o’zgarishi. Til jamiyat va xalq hayotidagi turli o’zgarishlar natijasida takomillashib, o’zgarib boradi. SHu asosda tilning lug’at tarkibidagi yangi so’zlar, iboralar paydo bo’ladi, ayrim so’zlarning semantikasida o’zgarishlar yuz beradi, ayrim so’zlar esa eskirib iste`moldan chiqib qoladi. Bu qonuniyat barcha tillar uchun umumiydir.
So’z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo’qolish yoki ularni ifodalaydigan boshqa so’zlar paydo bo’lishi munosabati bilan ayrim so’zlar asta-sekin unutila boradi, ya`ni eskirib qoladi. Eskirgan so’zlar ikki guruhga bo’linadi: 1) istorizmlar (tarixiy so’zlar); 2) arxaizmlar.
O’tmishdagi narsa va tushunchalarning nomi bo’lgan, ammo hozirda eskirib qolgan so’zlar tarixiy so’zlar (istorizmlar) deyiladi. Bunday so’zlardan yo’q bo’lib ketgan narsalar, tushunchalar haqida gap borganida foydalaniladi, Chunki hozirgi tilda ularning sinonimlari yo’q. Masalan, yorg’uchoq, qozi, qalandar, yasovul, bakovul, taxt, kanizak, botmon, miri kabi.
Faol so’zlar qatorida sinonimi mavjud bo’lgan, eskirib qolgan so’zlar arxaizm deyiladi. Masalan, dudoq (lab), umiz (ko’krak), muhr (pechat`), muallim (o’qituvchi), bitik (kitob) kabi.
Kundalik turmushdagi yangicha munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini, hodisalar va tushunchalarni ifoda qilish uchun vujudga kelgan so’zlar yoki yangi ma`noda qo’llangan eski birliklar neologizmlar deyiladi. Masalan, marketing, birja, audit, vizit, changlagich, purkagich, yo’ldosh, payvandchi kabi.
Neologizmlar ikki xil bo’ladi: a) leksik neologizmlar; b) semantik neologizmlar.
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o’zlashib ketmagan so’zlar bo’lib, bunga har bir tilning ichki manbai asosida yasalgan so’zlar, boshqa tildan olingan birliklar kiradi. Masalan, etti yillik, avtomatika, teletsentr, kosmik kema, fazogir kabi.
Tildagi so’zlarning yangi ma`noda qo’llanishi natijasida semantik neologizmlar hosil bo’ladi. Masalan, yo’ldosh, payvandchi, domla, vatan va boshqalar.
Til lug’at tarkibi taraqqiyotining asosiy yo’llari. Jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda tilning lug’at tarkibi ham doimo rivojlanishdadir. Bu har bir tilning ichki resurslari hamda boshqa tillardan so’z o’zlashtirish hisobiga bo’ladi.
Til lug’at tarkibi taraqqiyotining quyidagi usullari mavjud:
1. Grammatik usul. Til lug’at tarkibi taraqqiyotining grammatik usuli tilning so’z yasash modellari va so’z yasash usullariga asoslanadi. Grammatik usul o’z navbatida quyidagicha namoyon bo’ladi: 1) affiksal usul: temir-temirchi, davlat-badavlat, sergap; 2) so’z qo’shish usuli: muzyorar, temir yo’l, so’z boshi; 3) so’zlarni qisqartirish usuli: SamDU kabi.
2. Fonetik usul. Bunda so’z tarkibidagi tovushni o’zgartirish hamda urg’uning o’rnini almashtirish yo’li bilan yangi so’z hosil qilinadi: aka-uka, yangi-yangi.
3. Semantik usul. Til lug’at tarkibi taraqqiyotining bu usulida so’z ma`nolari o’zgarib boradi. So’z ma`nolari ko’chadi, kengayadi va torayadi. Bundan tashqari, omonimlar hosil bo’ladi: batareya; turdosh otlar o’z ma`nosini toraytirib, atoqli otlarga aylanadi: tesha-Tesha, bolta-Bolta kabi.
4. So’z o’zlashtirish. Dunyoda boshqa til vositalarini o’zlashtirmagan birorta sof til yo’q. Chet so’zlarning ishlatilishi bilan bog’liq hodisa purizm (lot. sof) deyiladi va bunday g’oya tashviqotchilari puristlar deb ataladi. Purizm progressiv va reaktsion xarakterga ega bo’ladi. Progressiv purizm chet so’zlarni to’g’ri va o’z o’rnida ishlatish g’oyasi bilan til leksik tarkibini boyitishga yordam beradi. Reaktsion purizm chet so’zlarni zo’rma-zo’raki ishlatishga undovchi g’oyaga asoslanadi.
Boshqa tildagi so’z va iboralar ba`zan tarjima qilish orqali o’zlashtiriladi. Bu hodisa kal’kalash deb ataladi (fr.-nusxa ). Kal’kalash ikki turli bo’ladi: 1) to’liq kal’kalash: ledokol - muzyorar, poluprovodnik – yarim o’tkazgich. 2) yarim kal’kalash: avtomatchik – avtomatchi, mashinostroenie - mashinasozlik kabi.

Til lug’at tarkibini o’rganuvchi sohaning tarmoqlari. Leksikologiya ko’p tarmoqli bo’lib, tilning lug’at tarkibini har tomonlama, chuqur tekshirishni taqozo qiladi. Ular quyidagilar:


1. Onomasiologiya.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling