Tilshunoslik nazariyasi
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdor
triftong deb ataladi. Masalan, ingliz tilida five -stjreed (Fayvstroid)
(besh qavatli) birikmasida eue – triftong. Bo‘g‘in tuzilishi jihatidan ham tillar bir-biridan farq qiladi. Ba’zi tillarda sonor undosh (1, m. n, r) tovushlar ham bo‘g‘in hosil qiladi. Masalan, rus tilidagi персть (barmoq) so'zida bo‘g‘in hosil qiluvchi unli tovush - e bo’lsa, serb tilidagi prst (barmoq) so‘zida bo‘- g‘in hosil qiluvchi tovush r dir. Rus tilidagi волк (bo‘ri) so‘zida bo‘- g‘in hosil qiluvchi unli tovush о bo’lsa, chex tilidagi vlk so‘zida bo‘- g‘in undosh tovush asosida hosil bo’ladi. Tovush nutqning fonetik jihatdan eng kichik qismi. Urg‘u - nutq tovushlari hamda bo‘g‘in segment elementlar deyiladi. Bulardan tashqari supersegment elementlar ham mavjud boiib, ular urg‘u va ohangdir. Supersegment elementlar nutqqa ohang bagishlaydi So‘zlarda bo'g'inlarni. gaplarda so‘zlarni ma’um vositalar bilan ajratib ko‘rsatish urg‘u deyiladi. So‘z urg‘usi bir so‘zning tarkibidagi bir bo‘g‘inni boshqalardan ajratish demakdir. Tilshunoslikda dinamik, miqdor va musiqiy urg‘u farqlanadi. Dinamik urg‘uda ajratib ko'rsatilayotgan bo‘gin kuchli talaffuz qilinadi (masalan, nemis tilida). Miqdor urg ‘usiga ega tillarda unli cho‘ziqroq talaffuz qilinadi (masalan, rus, o‘zbek tillarida). Musiqiy urg'uda urg‘u olgan bo‘g‘in ovoz tonini ko‘tarish va pasaytirish yoii bilan ajratib ko‘rsatiladi (masalan, xitoy tilida). Urg‘uning o‘rniga ko‘ra turg‘un urg‘uli tillar va erkin urg‘uli tillar farqlanadi. Turg‘un urg‘uli tillarda urg‘u doim so‘zning ma’ lum bo‘giniga tushadi. Masalan: o‘zbek, fransuz tillarida oxirgi bo‘- gi'nga, polyak tilida oxiridan bitta oldingi, venger, chex tillarida birinchi bo‘g‘inga tushadi. Erkin urg‘uli tillarda urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushishini oldindan bilish mumkin emas. Rus, ingliz, nemis tillari shular jumlasidandir. Fraza urg‘usi so‘z birikmalari yoki bir necha so‘zni boshqalardan ajratib ko‘rsatishni nazarda tutadi. Fraza urg‘usming turlari quyidagilar: sintaktik urg‘u. Sintaktik-logik urg‘u. Kuchsiz sintaktik urg‘u. Emfatik (his - hayajon urg‘usi) urg‘u. Fraza urg‘usidan tashqari ohang tarkibiga nutqning ritmik- melodik tuzilishi kiradi. Nutq jaryonida urg‘u olgan va olmagan bo‘- g‘inlar almashib, nutqning ritmi paydo bo‘ladi. Nutq ohanglariga gap urg‘usi, ohang, pauza, surat, ritm, tembr kiradi. Ohang pasayuvchi va ko‘tariluvchi bo‘ladi. Pasayuvchi ohang darak, undov gaplarda, ko‘tariluvchi ohang so‘roq gaplarda kuzatiladi. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling