Tilshunoslik nazariyasi


Nutq tovushlarining akustik tavsifi


Download 204.69 Kb.
bet20/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Nutq tovushlarining akustik tavsifi. Tovush tebranishdan paydo bo’lib, havo orqali tarqaladi va eshitish organiga borib etadi.
Tovush haqidagi umumiy nazariya fizikada akustika (eshitish) deb ataladi. Akustika har qanday tovushlarning, jumladan nutq tovushlarining quyidagi belgilarini ifodalaydi:
1.Tovush kuchi, ya`ni tebranish chegarasiga bog’liq.
2.Tovushning baland-pastligi tebranish tezligiga, ya`ni bir sekundda bo’ladigan tebranish soniga bog’liq. Tebranish qancha ko’p bo’lsa, tovush shuncha baland chiqadi, tebranish kam bo’lsa, tovush past chiqadi.
3.Tovushning cho’ziq-qisqaligi tebranish vaqtining davomli yoki davomsiz bo’lishiga bog’liq. Tebranish qancha davomli bo’lsa, tovush ham shuncha cho’ziq chiqadi. Tebranish davomsiz bo’lsa, tovush qisqa chiqadi.
4.Nutq tovushining tembri (sifat) asosiy ton bilan yordamchi tonlarning va shovqinning qo’shilishidan yuzaga keladi. Tovushning tembri rezonatorlik vazifasini bajaruvchi og’iz bo’shlig’i va burun bo’shlig’ining hajmi hamda shakliga, tovush paychalarida hosil bo’ladigan asosiy tondan tashqari obertonlarga, og’iz bo’shlig’i va bo’g’izda hosil bo’ladigan shovqinlarning qanday bo’lishiga ham bog’liq.
Shunga ko’ra bir kishining ovozidan ikkinchi kishining ovozi farq qiladi.
Murakkab tovush tebranishining chastotasi bilan boshqa akustik vositalarni kelishtirib turuvchi mexanizm akustika fanida fil’tr deb yuritiladi. Odamning og’iz va burun bo’shliqlari birgalikda unlilar hosil qiluvchi akustik fil’trni tashkil etadi.
Nutq organlari. Nutq tovushlari talaffuz organlarining ma`lum harakati bilan hosil bo’ladi. Nutq tovushlarining hosil bo’lishida ishtirok etuvchi organlarga nutq organlari deyiladi. Bu organlarning yig’indisi esa nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati quyidagi qismlarga bo’linadi:
1. Nafas olish organlari. Bunga o’pka, bir juft bronxlar, nafas yo’li kiradi.
2. Bo’g’iz bo’shlig’i. Bunga halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog’aylar va un paychalari kiradi.
3.Og’iz bo’shlig’i. Bunga til, tanglay, kichik til, lab, tishlar kiradi.
4.Burun bo’shlig’i. O’pka nutq tovushlarini talaffuz etish uchun zarur bo’lgan havo oqimining manbaidir. Og’iz bo’shlig’i esa shovqin manbaidir. Og’iz bo’shlig’i shovqin hosil qiladigan organ bo’lib, burun bo’shlig’i bilan birga, ayni vaqtda rezonator, ya`ni tovush kuchaytirgich vazifasini ham bajaradi.
Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, un paychalari – faol nutq organlari; tish, qattiq tanglay, burun bo’shlig’i esa nofaol nutq organlaridir.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling