Tilshunoslik nazariyasi
Mavzu bo’yicha tayanch atamalar
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovushga taqlid nazariyasi.
- Undovlar nazariyasi.
- Mehnat chaqiriqlari nazariyasi.
- Imo-ishora nazariyasi.
- Ijtimoiy kelishuv nazariyasi.
- Tilning paydo bo’lishida mehnatning roli nazariyasi.
Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: tilning paydo bo’lishi, nazariyalar: tovushga taqlid, undovlar, mehnat chaqiriqlari, imo-ishora, ijtimoiy kelishuv, mehnatning roli, Alloh, differentsiatsiya, integratsiya, substrat, superstrat.
Tilning paydo bo’lishi masalasi qadim davrlardan buyon kishilar, olimlarni qiziqtirib kelgan. SHuni aytish lozimki, ayrim tillarning, masalan, o’zbek, rus, hind, tojik tillarining qachon paydo bo’lganligini, qanday tarkib topganligini aniq bilish mumkin. Bir tilning kelib chiqishi masalasini, umuman tilning, insonlar nutqining paydo bo’lishi masalasi bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Yer yuzida tilning qachon paydo bo’lganligi, dastlabki tillarda qanday so’zlar shakllaganligi, uning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hali hal qilingan emas va hal qilinishi ham mumkin emas. Tilning kelib chiqishi masalasini aniqlashdagi qiyinchiliklar quyidagilardan iborat: 1. Hozirgi til tarixi fani dunyoda umuman tilning qanday paydo bo’lganligi to’g’risida hech qanday dalillarga ega emas. Chunki hozir bizga ma`lum bo’lgan tillarning yozuv tarixi o’n-o’n besh ming yildan oshmaydi. Olimlarning taxminicha, inson bundan bir necha yuz ming yil burun so’zlashishni bilgan. Ammo o’sha davrdagi til haqida hozirgi vaqtda hech qanday material, dalil va faktlar yo’q. 2. Hozir yer yuzida tilning paydo bo’lish davridagi shart-sharoitlarda yashagan kishilar jamoasi ham yo’q. SHuning uchun ham bu masalani to’g’ridan-to’g’ri o’rganish uchun hech qanday imkoniyatga ega emasmiz. Tilning paydo bo’lish davridagi shart-sharoitlarni sun`iy ravishda yaratib, insonlarning qanday qilib so’zlay boshlaganligini boshqa fanlarga o’xshatib tajriba o’tkazish yo’li bilan aniqlab olish ham sira mumkin emas. Tilning paydo bo’lishi to’g’risida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar bo’lib, ular bir-biri bilan kurashib kelgan va kelmoqda. Bu nazariyalarning bir qismi tilni insonlarning bir-biri bilan munosabatda bo’lish, aloqa qilish ehtiyoji natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa, ikkinchisi ayrim shaxsning o’z fikrini avval o’zi uchun, keyin boshqalar uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan deb hisoblaydi. SHuning natijasida tilshunoslikda materialistik va idealistik nazariyalar paydo bo’lgan. Tovushga taqlid nazariyasi. Bu nazariya qadimgi YUnonistonda Demokrit va Platon davrida o’rtaga tashlangan. Tovushga taqlid nazariyasi dastlabki so’zlar kishilarning o’z atrofidagi predmetlar chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida paydo bo’lgan deb isbotlashga urinadi. Tildagi so’zlarning paydo bo’lishi bu nazariya tarafdorlari aytganidek bo’lganda edi, u vaqtda dunyodagi barcha tillarda predmetlarning nomi bir xil bo’lib, bu nomlar hammaga bir xilda tushunarli bo’lishi kerak edi. Tabiatdagi tog’, yer, tosh, qum, g’or kabi predmetlar hech qachon o’zicha tabiiy holda ovoz chiqarmagan. Modomiki shunday ekan, kishilik jamiyatining boshlang’ich davrlarida yashagan kishilar ana shunga o’xshash ovoz chiqarmaydigan predmetlarga qanday qilib nom bergan? To’g’ri, ba`zi bir so’zlar tabiatdagi predmetlarning ovoziga taqlid qilinishi natijasida paydo bo’lgan bo’lishi mumkin: shir-shir, taqir-tuqir, qu-qu, gumbir-gumbir; qarg’a, sharshara, kaklik, chumchuq, miyov kabilar. Bunday so’zlar deyarli hamma tillarda mavjud bo’lsa ham, ular, birinchidan, juda ozchilikni tashkil qiladi, ikkinchidan, tilning paydo bo’lishi masalasini hal qilishda hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi. Demak, tovushga taqlid nazariyasi tilning paydo bo’lishi masalasini to’g’ri hal qilib bera olmaydi. Undovlar nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari tildagi barcha so’zlar kishilarning ichki tuyg’ulari, qahr-g’azablari, his-hayajonlari, ehtiyotsiz baqirishlari natijasida paydo bo’lgan deb hisoblaydilar. To’g’ri, har qaysi tilda ma`lum darajada undov so’zlar ham mavjud bo’lib, ular yordamida hatto yangi so’zlar ham yasaladi: oh-ohlamoq, voy-voylamoq, ing-ingramoq, uf-uflamoq kabi. Biroq bunday so’zlar deyarli barcha tillarda ozchilikni tashkil qiladi. Ular taqlid so’zlardan ham oz. Undovlar nazariyasi tarafdorlari aytganidek, tildagi barcha so’zlar undovlardan yaratilgan bo’lsa, tildagi ichki his-tuyg’ularni bildira olmaydigan minglab predmetlarning nomi qanday paydo bo’lgan? Tabiiyki, bu nazariya tarafdorlari bu savolga javob bera olmaydi. Bu nazariya ham tilning paydo bo’lishi masalasini to’g’ri hal qila olmaydi. Mehnat chaqiriqlari nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari tildagi barcha so’zlar ibtidoiy kishilarning birgalashib mehnat qilishi jarayonida mehnat qilishga undaydigan ixtiyorsiz chaqiriqlar, qiyqiriqlar natijasida paydo bo’lgan deb da`vo qiladilar. Bu nazariya birinchi qarashda materialistik nazariyadek ko’rinsa ham, mazmunan unga butunlay qarama-qarshidir. Chunki mehnat qilishdagi chaqiriqlar, qiyqiriqlar mehnat jarayonidagi harakatni bir ritmga, bir qolipga solish uchun vosita bo’lgan, xolos. Bunday chaqiriqlar, qiyqiriqlar hech qachon kishilarning aloqa vositasi bo’lgan emas. Shunday chaqiriqlar natijasida vujudga kelgan so’zlar hozirgi zamon tillarining birontasida ham uchramaydi. Chunki bunday chaqiriqlar, hayqiriqlarning leksik ma`nosi bo’lmagan. Imo-ishora nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari tovush tili paydo bo’lguncha insonlar bir-biri bilan imo-ishora orqali aloqa qilishgan deb hisoblaydilar. Nemis olimi Vundt birinchilar qatori bu nazariyani asoslashga uringan bo’lsa, keyinchalik N.Ya.Marr uni yanada rivojlantirgan. U inson mehnat qurollarini yaratgunga qadar, kishilarda tovush tili bo’lmasdan, imo-ishora tili bo’lgan, bir yarim million yil davomida imo-ishora tili orqali aloqa qilaganlar, deb isbotlashga harakat qiladi. Vaholanki, odamsimon maymunlar mehnat qilishni bilmagan davrlarida ularning oldingi ikki oyog’i qo’l vazifasini emas, balki oyoq vazifasini bajargan. Modomiki shunday ekan, u davrlarda odamsimon maymunlar qaysi a`zosi bilan imo-ishora qilib, bir-biri bilan aloqa qila olgan? N.YA.Marrning fikri haqiqatga to’g’ri kelmaydi. To’g’ri, imo-ishora qadimgi odamlarning o’zaro aloqa qilishida ozmi-ko’pmi rol o’ynagan bo’lishi mumkin. Hozir ham kishilar imo-ishoradan foydalanishadi. Imo-ishora kishilarning muhim aloqa vositasi bo’lgan tilga juda kichik bir qo’shimcha vositadir, xolos. Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan bo’lib, unga ko’ra narsalarni qanday atash lozimligini odamlar o’zaro kelishib olganlar, degan fikrga amal qilganlar. Nazariya tarafdorlari kelishuv uchun ham til kerakligini unutganlar. Ushbu nazariya tilning paydo bo’lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo’nalishini tushuntirishi mumkin, xolos. To’g’ri, hozirgi vaqtda u yoki bu fanga taalluqli so’z va atamalar o’zaro kelishib olinadi. Lekin buning til paydo bo’lishi masalasiga hech qanday aloqasi yo’q. Yuqorida aytib o’tilgan nazariyalarning birortasi tilning paydo bo’lishini atroflicha, materialistik nuqtai nazardan hal qilib bera olmasa-da ularning ahamiyatini butkul inkor etib ham bo’lmaydi. Ular tilning paydo bo’lishi va rivojlanishini tushuntirishga ma`lum darajada o’z hissasini qo’shishdi. Tilning paydo bo’lishida mehnatning roli nazariyasi. Inson va tilning paydo bo’lishi faqat materialistlarning asarlarida to’g’ri yoritilgan, deyish mumkin. Ular tilning paydo bo’lishi masalasini kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan bog’liq holda to’g’ri yoritib berishgan. F. Engel’s o’zining «Maymunning odamga aylanish jarayonida mehnatning roli» asarida odamzodning avlodi bo’lgan maymunning ijtimoiy mehnat faoliyati natijasida tadrijiy holda odamga aylanganligini ta`kidliydi. Ma`lumki, bundan yuz ming yillar avval odamsimon maymunlarning juda taraqqiy qilgan bir nasli yashagan. Bu maymunlar dastavval daraxtga o’rmalab chiqqanda qo’llarining oyoqlariga qaraganda boshqa vazifalarni bajara boshlaganligi natijasida, erda yurganlarida qo’llarini ishlatish odatini tashlay boshlaganlar va borgan sari tik yurishni o’rgana boshlaganlar. Ana shu yo’l bilan maymundan odamga aylanish uchun qat`iy qadam qo’yilgan. Tik yurish avval odat bo’lib, so’ngra zaruriyatga aylangan va shu tariqa ozod bo’lgan qo’l borgan sari xilma-xil yumushlarni bajara boshlagan. Qo’l faqat mehnat organigina bo’lib qolmay, ayni vaqtda, mehnatning mahsulidir. Qo’lning taraqqiy qilishi, mehnat natijasida tabiat ustidan boshlangan hukmronlik, ilgariga qarab bosilgan har bir yangi qadam odamning bilim darajasini kengaytira bordi. Tabiatdagi narsa va hodisalarda u doimiy ravishda yangi, shu vaqtgacha ma`lum bo’lmagan xususiyatlarni ochib bordi. Mehnatning rivojlanishi, zaruriyat orqasida jamiyat a`zolarining yanada yaqinroq jipslashuviga yordam berdi, oqibatda bir-birlariga yordam qilish, birlashib ishlash tez-tez uchraydigan hodisalardan bo’lib qoldi va bu birgalashib ishlashning foydasini anglash jamiyatning har bir ayrim a`zosi uchun ravshanroq bo’la bordi. Uyushgan kishilar shu darajaga etdilarki, ularda bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug’ildi. Bu ehtiyoj o’ziga kerakli organni vujudga keltirdi: maymunning taraqqiy qilmagan hiqildog’i asta-sekin, lekin to’xtovsiz modulyatsiya yo’li bilan taraqqiy qildi. Modulyatsiya o’zgarib turdi, og’iz organlari esa asta-sekin aniq va ravshan tovushlarni chiqarishni o’rgandi. Natijada til paydo bo’ldi. U mehnat jarayonida taraqqiy qilib borgan. Til bilan tafakkurning bir-biri bilan uzviy bog’liqligi masalasi ham materialistlar tomonidan to’g’ri izohlandi: «Avvalo mehnat, so’ngra u bilan birga burro-burro qilib so’zlash ikkita eng muhim sabab bo’ldiki, bu sabablar ta`siri ostida maymunning miyasi sekin - sekin odam miyasiga aylandi» (F. engel’s). Miya va sezgi organlarning taraqqiy etishi, ongning rivojlanishi mavhum tafakkurni yuzaga keltirdi. Bular esa, o’z navbatida, mehnat va tilning yanada rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko’rsatdi. Mehnat, til va ong orasidagi bunday munosabat o’tmishda davom etdi va hozir ham davom etmoqda. Shunday qilib, odamni ham, tilni ham jamoa ijtimoiy mehnati yaratdi. Hozir yer yuzidagi olimlarning ko’pchiligi dunyoni tabiat yaratgan, tabiat abadiy bo’lgan, bo’ladi, faqat u bir shakl va sifatga o’zgaraveradi, -degan fikrga qarama-qarshi o’laroq – «Dunyoni tabiat yarata olmaydi, Chunki yaratuvchi fikrlash qobilyatiga ega bo’lishi kerak, tabiat esa bunday qobilyatga ega emas», degan fikrni bildirmoqdalar. Alloh taolo o’zi yaratgan mavjudodlari ichida oliy, fikrlay olish va so’zlash qobilyatiga ega bo’lgan mavjudoti – insonni yaratgan. Tilning paydo bo’lishini Xudo nomi bilan bog’lamoqdalar. Bu nazariya BMTning axborotlashtirish xalqaro akademiyasining akademigi Lev Melnikovning asarlarida o’z aksini topgan. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling