Tilshunoslik nazariyasi


Tillar taraqqiyotining qonunlari, bosqichlari va jarayonlari


Download 204.69 Kb.
bet6/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Tillar taraqqiyotining qonunlari, bosqichlari va jarayonlari. Kishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida urug’-urug’ bo’lib yashaganlar. Urug’ kishilar jamoasining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasidir. Urug’lardan qabilalar tashkil topgan. Har bir urug’ va qabilaning aloqa vositasi – urug’ tili va qabila tili sifatida mavjud bo’lgan.
Qarindosh qabilalar ma`lum ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli dialektlarida so’zlashuvchi qabilalarning uyushmasiga – qabila ittifoqlariga birlashadilar. Qabila ittifoqlarining umumiy tili bo’ladi, lekin bunda ayrim qabila tillari qabila ittifoqi tiliga nisbatan dialekt yoki sheva holatida bo’ladi.
Qabila ittifoqining o’troqlasha borishi va taraqqiy qilishi bilan xalqlar tashkil topa boshlaydilar. Xalqlarning yuzaga kelishi bilan xalq tillari shakllanadi. Xalq kishilarning tarixiy uyushmasi sifatida xududiy, madaniy til birligini taqozo qiladi. Uning paydo bo’lishi iqtisodiy va davlat tuzumi asosiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin.
Jamiyatning muayyan tarixiy sharoitida xalqlar taraqqiy qilib, millatga aylanadi. Millatning asosiy belgilari quyidagilar: umumiy xudud, umumiy til, umumiy madaniyat va ma`naviy birlik. SHu belgilarni o’zida mujassamlashtirgan kishilar uyushmasi millat, uning tili esa milliy deb ataladi.
Dunyoda yangi-yangi dialekt va tillarning paydo bo’lishida vaqt va masofa omillari hal qiluvchi rol’ o’ynaydi. Vaqt o’tgan sayin masofaning kengaya borishi bilan bog’liq holda yangi dialekt va tillar paydo bo’lishi jarayoni kuchayadi. Tillarning taraqqiyoti ikki xil jarayon asosida amalga oshadi: differentsiatsiya va integratsiya.
Dialektlar sonining ko’payishi va ular asosida yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining differentsiatsiya (lot. farqlanish) jarayonini tashkil qiladi. Bir tilga mansub shevalarning adabiy til me`yorlariga yaqinlashuvi esa integratsiya (lot. birlashish, qo’shilish) jarayoni deb yuritiladi.
Bu ikki jarayon ham tilda tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat taraqqiyotiga va real ijtimoiy sharoitga muvofiq holda amalga oshadi.
Tillarning chatishuvi masalasi. Ma`lumki, tillar jamiyatda o’zicha rivojlanmaydi, uning rivojlanishi jamiyat bilan, uning taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Til taraqqiyotiga qo’shni xalqlar orasidagi turli munosabatlar ham o’z ta`sirini ko’rsatadi. Masalan, hozirgi ingliz tilidagi so’z boyligining 70% ini boshqa xalqlarning so’zlari tashkil etadi. Tillar orasida bunday munosabatlar tillar hamkorligi deyiladi.
Olimlarning ta`kidlashicha, tillarning o’zaro hamkorligi, ya`ni chatishish jarayoni ikki xil hodisa asosida sodir bo’ladi: substrat va superstrat.
Substrat (lot. ost, qatlam) hodisa yuz berganda kelgindilar tili mahalliy tilni siqib chiqaradi va ishlatilishidan chiqib kelayotgan til kelgindilar tiliga sezilarli ta`sir ko’rsatadi.
Superstrat (lot. ust, qatlam) hodisasida esa kelgindilar tili mahalliy til bilan, unga sezilarli darajada ta`sir o’tkazadi, lekin uni siqib chiqarmaydi. Masalan, normand tilining ingliz tiliga ko’rsatgan ta`siri.



Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling