- Insoniyat bilan birga paydo bo'lgan til uning hayotida eng muhim rolni o'ynab kelgan va bundan keyin ham o'z ahamiyatini y o ’qotmaydi. Til, eng aw alo, inson va uning tafakkuri shakllanishidagi zaruriy shartlardan biridir. Aniq nutqning paydo bo'lishi insonning bilish, idrok qilish jarayonlarini tamoman o ’zgartirib yubordi. Til tufayli inson tafakkuri boyidi, moddiy dunyodagi narsa va predm etlarni ongi orqali idrok qilish, ular ustidan mulohaza yuritish, ularga oid fikrlarini so‘z bilan ifodalash imkoniga ega bo'ldi. Til ilk boshdan e ’tiboran hech bir narsa bilan almashtirib bo'lmaydigan xizmatni, ya’ni inson tafakkurida umumlashtiruvchi vazifani bajarib keladi. Psixologiyada ham insonning tafakkur faoliyati haqida aytilganda hissiy bilish bilan birga til va nutqning o'zaro bog'liqligi alohida ko'rsatib o'tiladi. Bunda inson psixikasi bilan hayvonlar psixikasi o'rtasidagi asosiy farqlardan biri namoyon bo'lishi ta’kidlanadi. Hayvonlaming o'ta oddiy, juda sodda tafakkuri hamma vaqt faqat ayoniy harakat tafakkuriligicha qoladi; ular hech qachon mavhum, bavosita bilish darajasiga yetmaydi. Ularning, ya’ni hayvonlarning tafakkuri ayni chog'da go'yo ko'z o'ngilarida turgan narsalarni bevosita idrok qilish www.ziyouz.com kutubxonasi bilan ish ko'radi
- Til va jamiyat tushunchalari ma’no anglatish nuqtayi nazaridan farqli-farqli m a’nolarni ifodalasa-da, bir-biri bilan uzviy bog'langandir. Tiini xalq yaratadi va o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas ohangda takomil topib boradi. Xalqning madaniy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti o‘z izlarini, birinchi galda, tilda qoldiradi. Shu bois, jamiyatdagi har qanday o'zgarish, birinchi navbatda, tilda aks etadi. Ana shu qonuniyat har ikki tushunchaning qanchalik uzviy bog'liqligini iioda etadi. Bu yaqin bog'liqlikni yanada aniq ifodalash uchun quyidagi holatni anglash yetarli: agar biz Alisher Navoiy asarlarini o'qisak, Navoiy yashagan davr bilan «gaplashamiz». Navoiy qo'llagau so'zlar o'sha davrlardan sado beradi. Unda «bank», «kompyuter», «avtobus», «avtomatika», «mashina», «fútbol» kabi so'zlar mutlaqo uchramaydi, uchrashi ham mumkin emas. Chunki u davrlarda bunday tushunchalarning o'zi bo‘lmagan. Navoiyda «kotib», «qalamzan», «qalam», «kilk», «xoma», «kitob», «lavh», «nukta». «shuaro» kabi so'zlami o'qishimiz mumkin va ular Navoiy yashagan davrga xosdir. Yuqorídagi so'zlar esa bizning asrimizga oid so'zlardir. Jamiyat taraqqiy etib borishi bilan birga undagi o'zgarishlarga oid tushunchalar va ularni ifodalovchi yangi-yangi so'zlar tilda ham paydo bo'lib boraveradi, Demak, til jamiyat bilan doimo hamnafas yuradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!! - E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |