SHAXMATOV - A.A.Shaxmatov so‘zlarni uning semantik belgilariga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratadi.
- 1)mustaqil ma‘noli so‘zlar: ot, fe’l, sifat, ravish;
- 2)mustaqil ma‘nosi bo‘lmagan so‘zlar: olmosh, son, olmoshdan yasalgan ravishlar(o‘zicha);
- 3)yordamchi so‘zlar: old ko‘makchi(predlog), bog‘lovchi, prefiks, yuklama;
- 4)so‘zlarning ekvivalenti bo‘lgan undovlar.
- U sintaksis bilan bir qatorda leksikografiya, orfografiya, paleografiya bilan ham shug‘ullangan.
- ASOSCHISI – Ivan Aleksandrovich Boduen de Kuttene(1845-1929)
- Varshava yaqinida tug‘ilgan, yoshligidanoq tovushlar fiziologiyasi, Sanskrit, litva va slavyan tillari bilan muntazam shug‘ullana boshlagan, ayniqsa, polyak tili tarixiga doir materiallarni yig‘ishga kirishgan.
- “XIV asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida” magistrlik dissertatsiyasini yoqladi.
- Tilda tovushlar emas, tovushning psixik tasavvurlari hisoblangan fonemalar bor.
- So‘zlar va iboralar “sintaktik atomlardir” yoki gapga xos birlikdir, o‘zaklar esa “morfologik atomlar” sanaladi.
- Tilda tarixiylikni, dinamikani aniqlash qanchalik zarur bo‘lsa, statikani aniqlash shunchalik zarurdir. “Tildagi” statika uning dinamikasidagi yoki to‘g‘rirog‘i kinematikasidagi xususiy xolat xolos.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |