Tilshunoslik nazariyasi


Download 218.44 Kb.
bet4/7
Sana14.12.2022
Hajmi218.44 Kb.
#1006335
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
24.Tursunaliyerva Shahzoda

XITOY TILSHUNOSLIGI

  • Xitoy tilshunosligi, ayniqsa, XVII – XIX asrlarda keng quloch yoydi. Bu davrlarda tarixiy fonetika, etimologiya va sintaksisga (sintagmaga) oid faktlar ustida ish olib borildi. Shuningdek, tanqidiy matnshunoslik taraqqiy qildi. Xitoy tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ota bola Van
  • Nyan – Sun va Van In-Chji Xitoy grammatikasining asoschilari sifatida tan olinadi. Xitoy tilshunoslari so‘z masalasida mustaqil so‘zlarni va yordamchi
  • so‘zlarni farqlaganlar. Mustaqil so‘zlarni ot, sifat va fe’l turkumiga ajratganlar.

ARAB TILSHUNOSLIGI


Xalil al-Farohidiy arab tilining ilk lug‘atini yaratdi. U lug‘atni «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. Shuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi.
Basralik Amir bin Usmon Sibavayxiy o‘zining salmoqli «Al-kitob» asarini yaratdi.
Kelib chiqishiga ko‘ra yunon Abu-Abayda noyob so‘z va ibora, ifodalarning keng qamrovli lug‘atini tuzadi.

ARAB TILSHUNOSLIGI


Bog‘dodlik hind Sag‘ani 20 tomlik lug‘at yaratadi va uni «To‘lqinlar toshqini» deb nomlaydi.
Misrlik ibn Mansur katta hajmdagi salmoqli lug‘at tuzib, uni «Arab tili» deb ataydi. Sherozlik fors Feruzobodiy 60 tomlik lug‘at tuzgan va uni «Qomus» (okean) deb nomlagan.
Arab tilshunoslari leksikografiya sohasida juda katta yutuqlarga erishganlar.
Xullas, arab leksikografiyasida lug‘atlar mazmuniga ko‘ra olti guruhga bo‘linadi: 1. To‘liq izohli lug‘atlar. 2. Predmet lug‘atlari (masalan, hayvon-lar bilan bog‘liq lug‘atlar va b). 3. Sinonimlar lug‘ati. 4. Noyob so‘zlar
lug‘ati. 5. O‘zlashgan so‘zlar lug‘ati. 6. Tarjima lug‘atlari.

Uyg‘onish davri tilshunosligi

  • 1696 yilda Angliyada (Oksford) Genrix Vilgelm Ludolfning lotin tilida tuzilgan «Rus grammatikasi» asari yaratildi. Birinchilardan bo‘lib italyan (1612) va frantsuz (1694) tili lug‘atlari chop etildi.Yana bir katta lug‘at ispaniyalik Lorentso Gervasning «Ma’lum xalqlar tillarining katalogi» (Madrid 1800-1804) asaridir. Ushbu lug‘at 307 tilga oid leksik va Grammatik ma’lumotlarni berishi bilan ajralib turadi. Leksikografik tadqiqotlar yo‘nalishida ma’lum bo‘lgan ishlardan biri nemis olimlari I.K.Adelung va I.S.Faterlarning «Mitridat yoki umumiy tilshunoslik» lug‘atidir. Ushbu lug‘at 500 ta tilni qamrab olishi, ular haqida ma’lumotlar berishi bilan e’tiborga loyiq bo‘lgan.

Download 218.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling