- Asosiy baxs mavzusi: So‘z tabiiy hodisami yoki shartli hodisami….?
- Predmat bilan uning nomi o‘rtasida qanday munosabat mavjud…?
- So‘zdagi tovush bilan ma’noning bog‘lanishi qanday yuz beradi…?
- Bu bog‘lanish tabiat tomonidan yuz beradimi yoki so‘zlashuvchilar tomonidan kelishilgan holda yuz beradimi…?
- Har bir nom o‘zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada, bog‘lanishda bo‘lib, nomlarda predmetlarning mohiyati aks etadi.
- Suvda – hamma narsa aksi ko‘ringani kabi.
- Predmet va uni anglatuvchi so‘z orasidagi bog‘lanish tabiat tomonidan berilgan bo‘lib, bu bog‘lanish tabiiy va zaruriy bog‘lanishdir.
- Olamda mavjud bo‘lgan barcha narsa – tabiat tomonidan berilgan o‘ziga xos va mos “to‘g‘ri” nomga ega.
DEMOKRIT VA UNING TARAFDORLARI - FIKRLARI: narsa va predmat nomlari bo‘lgan so‘zlar ularning mohiyatiga qarab emas balki kishilar tomonidan kelishilgan holda odatga ko‘ra nomlanadi.
- DEMAK, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas balki jamiyat tomonidan beriladi.
DEMOKRIT G‘OYALARINING ISBOTI - Ko‘p so‘zlar bir necha ma’noga ega bo‘lib shunga muvofiq turli predmetlarni bildiradi.
- Ko‘p tushunchalar bir necha atamaga ega bo‘ladi.
- Agar tilning tabiiyligi g‘oyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, predmetlar bir necha nomga ega bo‘lishi mumkin emas.
- Vaqt o‘tishi bilan bir predmet nomi boshqa nomga o‘zgaradi.
- Ko‘pgina tushunchalar so‘z ifodasiga nomga ega emas.
- DEMAK, bir vaziyatda so‘zlar yetishmasa, boshqa vaziyatda ular ortiqchalik qiladi, shunga ko‘ra nomlar asosan insonlar faoliti bilan bog‘liq bo‘lib, ular tomonidan yuzaga keladi, tabiat tomonidan emas.
- Xrisipp, Krates: jahondagi nomuvofiqliklarga hamma narsalarning maqsadga muvofiq bo‘lishini qarama-qarshi qo‘yadilar.Ular tilning kishilar ongida tabiat talabiga ko‘ra paydo bo‘lgan deyish bilan birga so‘z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi deyishgan. Xullas, ular Geraklit ta’limoti yo‘nalishi tarafdorlari bo‘lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |