- Asoschisi – F.F.Fortunatov hisoblanadi.
- Ishalari – “Boltiq tillarida urg‘u va cho‘ziqlik haqida”, “O‘rta maktablarda rus tili grammatikasini o‘qitish to‘g‘risida”, “Hind-Yevropa tillari qiyosiy morfologiyasi”, “Qiyosiy tilshunoslik”.
- Bu maktab tarafdorlari: til tarixi, sinxron grammatika nazariyasi, lug‘atlar tuzish, orfografiya va punktuatsiya qoidalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullandilar.
FORTUNATOV QARASHLARI U tilga ikki tomonlama hodisa deb qaraydi. Biri jamiyat bilan bog‘liq bo‘lsa ikkinchisi har bir shaxsning individual faoliyatiga bog‘liq. Olim shu qarashi tufayli tilning ichki va tashqi tarixi haqidagi ta‘limotni yaratdi. Olimning eng katta xizmati – ungacha etimalogiya terminini morfologiya bilan almashtirdi. Morfologiya ayrim so‘zning shakllarini o‘rgansa, sintaksis so‘z birikmalarining shaklini tekshiradi, degan fikrni haqqoniy asoslab berdi. GRAMMATIK SHAKL NAZARIYASI - Formal grammatik belgilar bilan xarakterlanuvchi so‘zlarning grammatik sinflariga so‘z turkumlari deyiladi.
- So‘zlar Grammatik jihatdan uch turga bo‘linadi:
- 1. Ayrim to‘la so‘zlar;
- 2. To‘la bo‘lmagan so‘zlar;
- 3. Undovlar.
- Asoschisi – Vostovok. I.I.sreznevskiy, I.V.Yagich, A.A.Shaxmatovlar maktab namoyondalari.
- Rus va slavyan tillarini qiyosiy tadqiq etish.
- Shaxmatovning 150 dan ortiq ilmiy asarlari e‘lon qilingan.
- U rus tilining tarixiy fonetikasini tekshirdi. Umumrus bobotilini tiklash masalasiga e‘tibor berdi va u bunda jonli shevalardan asos sifatida foydalandi.
A.A.SHAXMATOV QARASHLARI - Rus tili tarixini shakllanish bosqichlari quyidagicha:
- 1. Hind-Yevropa bobo tili;
- 2. Boltiq-Slavyan tili;
- 3. Umumslavyan tili, ukrain va belorus tillariga bo‘lindi.
- Shaxmatov semasiologiyani grammatikaning bir bo‘limi va sintaksis bilan zich bog‘liq deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |