Tilshunoslik va uning bo’limlari


Download 157 Kb.
bet2/14
Sana28.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1070283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
11 Tilsh bo`limlari

Morfemika-morfema, ya’ni so’zning ma’noli qismi haqidagi bo’lim (morfemikani morfologiyaning alohida bir bo’limi sifatida tushunish mumkin).

  • Sintaksis-so’z birikmasi, gap va uning turlari haqidagi bo’lim.

  • Punktuatsiya-tinish belgilarini o’rganadi.

  • Stilistika (uslubiyat)-nutq uslublarini o’rganadi.

  • Dialektologiya-shevalar, lahjalar haqidagi bo’lim.

  • Leksikografiya-lug’at va uning turlarini o’rganadi.

  • Til tarixi-til taraqqiyotining tarixiy bosqichlaridagi muhim jihatlarni o’rganadi.

    FONETIKA

    «Fonetika» grekcha so’zdan olingan bo’lib, «tovush» ma’nosini anglatadi, ya’ni «tovush haqidagi bo’lim» demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o’rganiladi. Nutq a’zolari harakati jarayonida hosil bo’lgan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi nutq a’zolarining jami nutq apparati deb yuritiladi.


    Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Faol (aktiv) nutq a’zolari: 1) til; 2) ovoz (un, tovush) paychalari; 3) yumshoq tanglay; 4) og’iz bo’shlig’i (til, lab); 5) pastgi jag’. 2. Passiv (sust) nutq a’zolari: 1) o’pka; 2) kekirdak; 3) qattiq tanglay; 4) burun bo’shlig’i; 5) tish.
    Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar.
    Unli tovush: o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishidan hosil bo’ladigan tovush unli hisoblanadi. Unli tovushlar oltita: a, i, e, u, o’, o.
    Unlilar lab ishtirokiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
    1. Lablangan unlilar: o, u, o’
    2. Lablanmagan unlilar: a, i, e.


    UNLI TOVUSHLAR TAVSIFI.


    i unlisi-old qator lablanmagan, tor unli.Tilning tanglay tomon yuqori ko’tarilishi va og’izning nisbatan tor ochilishi bilan qisqa talaffuz etiladi. Til, dil, jim, kiyik, kiyim .
    u unlisi-orqa qator, lablangan, tor unli.Uni talaffuz qilishda til tanglay tomon ko’tarilib og’iz juda torayadi,lablar oldinga cho’ziladi: gulshan,bug’doy,kurtak,lunj.
    e unlisi-old qator,lablanmagan,o’rta keng unli.Tilning tanglay tomon yuqori-o’rta ko’tarilishi, til uchining pastki tishlarga tegishi bilan yumshoq talaffuz etiladi,og’iz bir muncha torayadi:etik,sekin,meva,ehson.

    Download 157 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling