Tilshunoslik va uning bo’limlari
Reja:
1. Fonetika
2. Unli tovushlar tavsifi
3. Undosh tovushlar tasnifi
4. Bo’g’in
5. Urg’u
6. Orfoepiya
7. Orfografiya
8. Tildagi tarixiy -fonetik o’zgarishlar va fonetik-fonologik qonuniyatlar
9. Grafika
10. Til va yozuv
11. Leksikologiya
Tilshunoslik va uning bo’limlari
Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratilgan.
O’zbek tili mansub bo’lgan turkiy tillar guruhi o’ttizga yaqin tilni o’z ichiga oladi. O’zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida shakllangan o’ziga xos jihatlari mavjud.
O’zbek tili fani quyidagi bo’limlardan iborat.
Fonetika-nutq tovushlari, bo’g’in va urg’u haqidagi bo’lim.
Orfoepiya-adabiy tilning to’g’ri talaffuz qoidalari haqidagi bo’lim.
Orfografiya-to’g’ri yozish yoki imlo qoidalarini o’rganadi.
Grafika-tovush va harf munosabati, alifbo tizimi, yozuv va uning turlarini o’rganadi.
Leksikologiya-so’z va uning lug’aviy ma’nosi, lug’aviy ma’noning taraqqiyot yo’llari, so’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari haqidagi bo’lim.
Frazeologiya- iboralarni (frazeologizmlarni) o’rganadi.
So’z yasalishi-so’z yasash usullari haqidagi bo’lim.
Etimologiya-so’zning kelib chiqishi, shakllanish tarixi haqidagi bo’lim.
Grammatika-tilning ichki qurilishini o’rganadi. Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
Morfologiya-so’z turkumlari, grammatik ma’no, grammatik shakl haqidagi bo’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |