Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Tafakkur haqida tushuncha


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

Tafakkur haqida tushuncha: 


18 
- tafakkur ideal hodisa;- tafakkur fikrlash jarayonidir; 
- tafakkur bilish jarayonidir; 
a). hissiy bilish ( körish, eshitish, tam bilish, rang bilish, teri 
sezgilari); 
b). mantiqiy bilish; 
- tafakkur mantiq kategoriyalariga amal qiladi. 
Til va tafakkur munosabatlari
- til va tafakkur bir xil hodisa; 
- til va tafakkur alohida hodisalar. 
MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI 
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir. Til fikrni moddiylashtiradi-
gan, reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishini ta’minlab beradigan 
quroldir. Tilsiz insoniyat bölmaydi. Til kishilarning bir-birlarini tushunishlari-
ga, yashash uchun vositalar topib birlashishlariga, ishlab chiqarishni tashkil 
qilishlariga yordam beradi. 
Til jamiyat tomonidan yaratilgan bölib, uning taqdiri jamiyat taqdiri 
bilan chambarchas bog’liqdir. Til faqat kishilarga hos bölib ular uchun 
xizmat qiladi.
Insonni hayvondan farqlab turuvchi narsa bu tildir. Shuning uchun ham 
hazrat Alisher Navoiy bunday deganlar:
“Insonni söz ayladi judo hayvondin, 
Bilkim, guhari sharifroq yöq ondin”. 
Tilda kishilar, jamiyat taraqiyotiga xos bölgan barcha özgarishlar aks etadi.
Har bir millatning dunyoda borligini körsatadigan asosiy belgisi ham tildir. 
Agar millat öz milliy tilini yöqotsa, uning ruxi ham yöqoladi. Shuning 
uchun ham Abdulla Oripov shunday yozgan: 
“Ona tilim sen borsan shaksiz,
Bulbul kuyin sherga solaman. 
Sen yöqolgan kuning shubhasiz,
Men ham töti bölib qolaman”. 
Til material hodisadir. U konkret tovush, sÖz, qoidalardan tashkil topgan. 
Shuning uchun ham til fonetik, leksik,grammatik qonuniyatlar asosida tash-
kil topgan material hodisadir. 


19 
Har bir til tuzilishiga köra tovushlar tizimi, söz boyligi, grammatik va stil-
istik hodisa hamda qoidalar majmuidan iboratdir. Murakkab hodisa b ölgan 
til tuzilishiga köra fonetik, leksik, grammatik qatlamlarga bölinadi. Har bir 
qatlam özining tadqiqot birligiga ega.
Fonetika bölimi tovush-fonema, leksika bölimi söz, morfologiya bölimi 
morfema, sintaksis bölimi gap bilan shug’ullanadi. 
Til jamiyatda quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1. Kommunikativ funksiya; (muomala, aloqa qilish), 
2. Ekspressiv funksiya; (ta’sir qilish), 
3. Akkumulyativ funksiya. (axborotni töplash, yig’ish,
jamlash). 
Til jamiyat uchun xizmat qilganligi, tuzilishi jihatdan murakkab hodisa 
bölganligi uchun ham turli fanlarning tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Har bir 
fan vakili tilni öz nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. Shuning uchun ham turli 
fan vakillari tilga turlicha ta’rif berganlar. 
Ulardan ayrimlarini keltiramiz: 
- Til insonning sözlash, gapirish qobiliyatidir. (psixolog). 
- Til fikr ifodalash va özaro aloqa quroli bölib xizmat qiladigan tovushlar, 
sözlar va grammatik vositalar tizimidir. (psixolingvist). 
- Til nutqning öziga xos hususiyatlari va ifoda vositalari bilan ajralib tu-
radigan bir turi, stil, uslub.
Mas
Badiiy adabiyot tili. Sözlashuv tili. Gazeta 
tili. Bola tili. Navoiy tili. (adabiyot shunos). 
- Til fikr ifodalashda, özaro aloqa jarayonida yuzaga keladigan ibora, 
gap, söz, nutq. (tilshunos). 
- Til ijtimoiy hodisa. Inson jamiyati mavjudki, til ham mavjuddir. U ja-
miyatning tug’ilishi va rivoji bilan tugiladi va rivojlanadi. Jamiyat ölishi 
bilan til ham öladi. Jamiyatdan tashqarida til yöqdir. (filosof). 
- Til dil kaliti, bilimlar kaliti, haqiqat quroli. 
- Til inson ruhining nafasidir. (Y.Grimm). 
- Til ötganlarni, yashayotganlarni va yashaydiganlarni bir - biri bilan
bog’laydigan eng hayotiy va eng mustahkam vositadir. (K.D.Ushinskiy). 
- Til xalq tarixidir. Til - rivojlanishga va madaniyatga yöldir. 
(A.I.Kuprin). 


20 
- Til muomala jarayonida har qanday fikrni ifodalay oladigan quroldir. 
(L.USPENSKIY). 
- Axborot nazariyasiga muvofiq til muomala tizimining kodidir. (Injener 
psiholog). 
- Til söz va grammatik qoidalar, qoida-tushunchani ifodalaydigan ramziy 
ishoradir. (V.F.Humboldt). 
- Til öziga hos strukturaga ega bölgan sistemadir. (F.de Sossyur). 
- Til ma’no bilan bog’langan va akustik-artikulatsion birikmalar va ularn-
ing psixik obrazlaridan tarixiy yösinda tashkil topgan ijtimoiy aloqa 
vositasidir. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling