Tilshunoslikka kirish
Download 0.59 Mb.
|
Xolmanova Tilshunoslikka kirish darslik-2005
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takror otlar
noma,-xona,-ch,-inch (quvon-ch, sevin-ch, ishon-ch, suyun-ch, yupan-ch, qo’rq-inch).
indi: yig’-indi,qir-indi; yuv-undi, oq-indi, supur-indi, chiq-indi. in,-un: ekin, yig’in, yog’in, tugun, bo’g’in, quyun (quy-un). mak,-moq: emak, chertmak, topishmoq, quymoq, chaqmoq, ilmoq. dak,-doq: kekir-dak, yugur-dak, qovur-doq, qo’ndoq. ildoq: shaqildoq, chirildoq, shilpildoq, xiqildoq. sh: uylanish, qurilish, o’pirilish, yig’ilish; o’tirish. it,-at: chiq-it, qur-it, ko’ch-at. chiq: yopin-chiq, suyan-chiq: diq: xordiq, qoldiq, topildiq. a: quyq-a, jizz-a, qahqah-a, sharshar-a, do’mbir-a, dag’dag’-a. ak; xurr-ak, qars-ak, varr-ak, bizbiz-ak, dardar-ak. So’zlarni qo’shib ot yasash So’zlarni qo’shish yoki ularni qisqartib qo’shish bilan qo’shma otlar yasaladi. Qo’shma otlarning tarkibi quyidagicha bo’ladi: 1. Ot bilan otdan: otquloq, qo’larra. 2. Sifat bilan otdan: ko’ksulton 3. Ot bilan sifatdan: gulbeor 4. Son bilan otdan: mingoyoq 5. Ot bilan fe’ldan: o’rinbosar Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi: a) qismlari turdosh otlardan iborat bo’lib, bir urg’u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari ( gulko’rpa, o’qilon, tutmayiz, oshqozon, oshko’k); ot bilan -ar qo’shimchali fe’ldan yasalgan qo’shma otlar ( beshiktebratar, otboqar); v) ikkinchi qismi turdosh ot bo’lgan joy nomlari ( Yangiyo’l). Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan qo’shma otlar ajratib yoziladi: er yong’oq, eshak emi, qozon yuvg’ich. Juft otlar quyidagicha hosil qilinadi: a) bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: uy-joy, oyoq-qo’l, daftar-kitob; b) sinonim so’zlardan; kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat, or-nomus;. v) antonimlardan: yosh-qari, ost-ust. Takror otlar: kosa-kosa . Tildagi choy-poy, bug’doy-mug’doy, osh- posh, ot- pot kabi so’zlar ham takror hisoblanadi. Otlar qisqartirish yo’li bilan ham hosil qilinadi. Qisqartirish orqali ot yasalishi abbreviatsiya usuli deyiladi: SamDU, BMT, MDH, ATS, GES, filfak, avtomashina, dramteatr, texnikum. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling