Egalik tushunchasi
|
Birlik
|
Ko’plik
|
|
1.
|
-(i)m:
|
-(i)miz
|
axloqim, axloqimiz
|
2
|
-(i)ng
|
-(i)ngiz
|
axloqing, axloqingiz
|
3
|
-i (si)
|
-I
|
axloqi, axloqlari
|
Singlisi, birisi so’zlarida ikkita egalik qo’shimchasi mavjud. Egalik affikslaridan II shaxs ko’plik shakli bir necha ko’rinishga ega: kitobingiz, kitobinglar, kitoblaring.
Egalik affiksining III shaxs formasi birlik va ko’plik uchun umumiydir.
I va II shaxs egalik affikslari o’zakdan anglashilgan predmet yoki belgini insonga nisbatlaydi, III shaxs affiksi esa insondan boshqa narsalarga ham nisbatlaydi: kitobning varag’i; oynaning ko’zi.
Otlarga egalik affikslari qo’shilganda o’zakda tovush almashuvi va tovush tushishi ro’y beradi: etik-ing-etiging; singil-im-singlim.
Ba’zan egalik affiksi o’z grammatik ma’nosini yo’qotib, o’zak bilan birgalikda boshqa so’z turkumiga-ravishga o’tadi: ertasi, kechasi; modal so’zga o’tadi: chamasi, yaxshisi.
Narsa-buyumning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifoda qiluvchi formalar tizimi egalik tushunchasini tashkil etadi. Narsa-buyumning uch shaxsdan biriga mansubligini ko’rsatuvchi morfema egalik affiksi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |