Tinch okeanida
Download 0.64 Mb.
|
Tinch okeani
Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1-oʻrinda. Tinch okeani gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari oʻrtasidagi yoʻlak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km², dengizlarsiz 148,3 mln. km², suvining hajmi 710 mln.km³. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirgʻoqlarining aksari qismi ford tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktidadagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Janubiy Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: Avstraliya, Osiyo, Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, janubida Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling