Tinch okeani orollarining koʻpligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km²) boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va boshqa vulqon-orollar otilishi natijasida kelib chiqqan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. Tinch okeanining markaziy va janubi-gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi. - Tinch okeani orollarining koʻpligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km²) boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va boshqa vulqon-orollar otilishi natijasida kelib chiqqan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. Tinch okeanining markaziy va janubi-gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi.
Relyefi va geologik tuzilishi. - Tinch okeani tubi tektonik jihatdan oʻziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda vulkan, suv osti togʻi va atoll koʻp. Tinch okeani hamma tomondan harakatdagi vulkanlari boʻlgan burmali togʻlar bilan oʻralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan Tinch okeani tubi relyefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chekkalarining chuq. 150 m dan 500 m gacha boʻlgan shelf (uz. 800 km gacha) Bering, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslend shtati yaqinida boʻlib, marjon qurilmalari koʻp, ular sharqdan dunyoda eng yirik Katta Toʻsiq rifi bilan oʻralgan. Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha oʻn km). Materik yon bagʻirlari tik, koʻpincha zinapoyasimon, kanʼonlar (Monterey, Bering) bilan oʻyilgan. Tinch okeanining Alyaska yarim oroldan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), KurilKamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |