Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. - Tinch okeanining flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi maʼlum. Shelf zonasida turlituman qoʻngʻir, fukus, laminar suvoʻtlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, moʻʼtadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shimoliy moʻʼtadil va janubiy yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va boshqa, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyokdi mollyuskalar juda koʻp. Tinch okeani faunasining aksari qismi endemik.
- Tadqiq qilinish tarixi. Tinch okeanini oʻrganish tarixi 3 davr: qadimgi sayohatlardan 1804-yilgacha, 1804-yildan 1873-yilgacha va 1873-yildan keyingi davrni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Yer sharining shu qismida suv va quruqlikning taqsimlanishi oʻrganilgan. Tinch okeanining chegaralari, boshqa okeanlar bilan bogʻliqligi aniklangan. Bu davr Buyuk geografik kashfiyotlarni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi davrda Tinch okeani suvining fizik xossalari, chuqur joylari oʻrganildi. Bu davrda dunyo aylana sayohatlar boshlandi. Uchinchi davrda maxsus ekspeditsiyalar va sohildagi styalar kompleks okeanologik tadqiqotlar olib bordi. Okeanologik va ilmiy muassasalar va xalqaro birlashmalar tashkil etildi. Xalqaro geofizika yili va xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari asosida Tinch okeani tubining relyefi mukammal oʻrganildi, yangi barimetrik va dengiz navigatsiyasi xaritalari yaratildi. Tinch okeani davlatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalkaro ekspeditsiyalar tomonidan yanada chuqurroq oʻrganilmoqda.
Tinch okeanining jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni - Tinch okeanining jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni unga tutash mamlakatlarda yashaydigan aholi soni va ishlab chiqaradigan sanoat hamda qishloq xoʻjaligi. maxsulotlarining hajmi, okeanning boy va turlituman tabiiy resurslari va muhim transport yoʻllari bilan belgilanadi. Okeanlardan ovlanayotgan dengiz mahsulotlari va baliqning 60%ga yaqini Tinch okeaniga toʻgʻri keladi. Eng koʻp ovlanadigan baliqlar: losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz olabugʻasi, tunetslar, kambalasimonlar. Okeanning shimoli-gʻarbiy qismida losossimon baliqlarning asosiy dunyoviy zaxirasi toʻplangan. Umurtqasizlardan turli mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar ovlanadi. Tinch okeani turli suvutlar, laminariya, zostera dengiz uti va boshqalarning 90%ni beradi. Jahon miqyosidagi akvakultura mahsulotining 3/4 qismi shu okeanga toʻgʻri keladi. Tinch okeani havzasida baliq ovlash boʻyicha bir necha xalqaro konvensiya tuzilgan. Ular okeanning biologik boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |