Tir convention Uzbekistan


II-qism  I-QISMDA KELTIRILGAN QOIDALAR BILAN KO‘ZDA TUTILGAN


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

II-qism 
I-QISMDA KELTIRILGAN QOIDALAR BILAN KO‘ZDA TUTILGAN 
TEXNIK TALABLARGA JAVOB BERUVCHI KONTEYNERLARGA 
RUXSAT BERISH TARTIBI 
Umumiy qoidalar 
1. Konteynerlar bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni tashish uchun 
quyidagilarda ruxsat berilishi mumkin: 
a) 
yo ishlab chiqarish bosqichida - konstruksiya turi bo‘yicha (ruxsat berish 
tartibi ishlab chiqarish bosqichida); 
b) 
yoki biron bir keyingi bosqichda - yakka tartibda yoki bir xildagi turdagi 
konteynerlarning ma’lum partiyalari bilan (ruxsat berish tartibi ishlab 
chiqarishdan keyin biron bir bosqichda). 
Ruxsat berishning ikkala tartibi uchun umumiy qoidalar 
2. Ruxsat berish tartibini amalga oshiruvchi vakolatli organ ruxsat berishdan keyin 
holatlarga bog‘liq holda haqiqiy bo‘lgan talabnoma kiritgan korxonaga ruxsat 
berilgan turdagi konteynerlarning cheklanmagan miqdoriga, yoki konteynerlarning 
ma’lum miqdoriga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomani beradi. 
3. Bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni tashishga kirishidan avval, ruxsat 
berish to‘g‘risida guvohnoma egasi ruxsat berilgan konteynerga (ruxsat berilgan 
konteynerlarga) ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani joylashtirib qo‘yishi kerak.  
4. Ruxsat berish to‘g‘risida taxtacha rasmiy maqsadlar bilan beriladigan har qanday 
boshqa taxtacha yonida birgalikda yaxshi ko‘rinadigan holatda mahkam o‘rnatilishi 
kerak. 
4-bandga sharhlar 
Ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani mahkamlanishi 
Plastmassa konteynerlarga taxtachalarni mahkamlash uchun, ruxsat 
berish to‘g‘risida taxtacharni oson olib tashlanishini istisno qilish uchun 
shunday tarzda mahkamlangan va Konvensiyaning 7-ilovasining II-qismi 
talablariga rioya etilgan shart bilan, kuchli yelimni qo‘llashga yo‘l 
qo‘yiladi. (TRANS/GE.30/10, 35-36-bandlar) 
Ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani guruhlashtirish 
Konvensiyaning 7-ilovasi II-qismi talablariga rioya qilish sharoitida 
tutib turuvchi plastinaning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi, unga barcha 
talab etiluvchi ruxsat berish to‘g‘risida taxtachalar joylashtiriladi. 
Taxtachalar ularni oson olib tashlash imkonini istisno qilgan holda 
shunday mahkamlanadi. 
Ruxsat berish to‘g‘risida taxtachalarni yengil identifikatsiya qilish uchun 
tashuvchilarga konteynerlardagi taxtachalar yonida va ularga 
qo‘shimcha sifatida yopishtirma yorliqlarni qo‘llashga ruxsat beriladi. 


Biroq yopishtirma yorliqlar Konvensiyaning 7-ilovasi II-qismi bilan 
ko‘zda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani hech qanday 
holatlarda o‘rnini bosmaydi.
(TRANS/WP.30/133, 18-24-bandlar; TRANS/WP.30/135, 15-19-bandlar; 
TRANS/WP.30/AC.2/27, 3-ilova) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling