5. mazkur qismga 1-qo‘shimchada keltiriluvchi I-namunaga muvofiq keluvchi ruxsat
berish to‘g‘risida taxtacha o‘zi bilan kamida 20 sm x 10 sm o‘lchamdagi metall
plastinani taqdim etadi. Uning yuzasiga kesgich bilan o‘yilgan, relyef bilan bosim
tushirilgan yoki har qanday boshqa usulda aniq va turg‘un tushirilgan hech
bo‘lmaganda fransuz yoki ingliz tillarida keltiriluvchi quyidagi yozuvlar tushirilishi
mumkin:
a)
"Bojxona muhrlari va plombalari ostida tashish uchun ruxsat berilgan"
yozuvi;
b)
xalqaro avtomobil harakatlanishida avtotransport vositalarini ro‘yxatdan
o‘tkazish mamlakatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniluvchi yo to‘liq, yo
farqlanuvchi belgi ko‘rinishida konteynerga ruxsat berilgan mamlakatning
nomlanishi, va ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomaning raqami (raqamlar,
harflar va shunga o‘xshash), hamda ruxsat berish yili (masalan, "NL/26/73"
quyidagini anglatadi: "Niderlandiya, 1973 yilda berilgan № 26 ruxsat berish
to‘g‘risida guvohnoma");
c) konteynerga ishlab chiqaruvchi-zavod tomonidan berilgan tartib raqami
(zavod raqami);
d)
agar konteynerga konstruksiya turi bo‘yicha ruxsat berilgan bo‘lsa,
taxtachaga konteynerning ushbu turini tanituvchi raqamlari yoki harflari
ham tushirilgan bo‘lishi kerak.
5 d) bandga tushuntirish xati
Agar bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilgan
ikkita brezent bilan qoplangan konteynerlar, ular bir brezent bilan
qoplangan bir konteynerni hosil qiladigan va bojxona muhrlari va
plombalari ostida tashishga qo‘yiluvchi talablarni qoniqtiruvchi tarzda
juftlikda ulangan bo‘lsa, u holda konteynerlarning bunday majmuasi
uchun ruxsat berish to‘g‘risida alohida guvohnoma yoki ruxsat berish
to‘g‘risida alohida taxtacha talab etilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |