6. Agar konteyner ruxsat berish tartibi bilan qo‘yilgan texnik talablarga boshqa
javob bermasa, u holda, bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishlar uchun
qo‘llashdan avval, u ushbu texnik talablarga qayta javob berishi uchun shunday
tarzda unga ruxsat berish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatga keltirilishi kerak
bo‘ladi.
7. Agar konteynerning asosiy xarakteristikalari o‘zgartirilgan bo‘lsa, ushbu
konteynerga ruxsat berish o‘z kuchini yo‘qotadi, va u bojxona muhrlari va
plombalari ostida yuklarni tashish uchun qo‘llashdan avval vakolatli organ
tomonidan yangi ruxsat berish predmeti bo‘lib qolishi kerak.
Ishlab chiqarish bosqichida konstruksiya turi bo‘yicha ruxsat berishga tegishli
maxsus shartlar
8. Bir xil konstruksiya turidagi konteynerlar seriyali ishlab chiqarilayotgan vaqtda,
ishlab chiqaruvchi-zavod konstruksiyaning turi bo‘yicha ularga ruxsat berish
iltimosi bilan, ular ishlab chiqariluvchi mamlakatning vakolatli organiga murojaat
qilishi mumkin.
8-bandga sharh
Ishlab chiqarish mamlakatidan farqli mamlakatda ruxsat berish
7-ilova, II-qism, 8-band biron bir boshqa talqinga yo‘l qo‘ymasligi
sababli, ishlab chiqarish mamlakatidan farqli mamlakatda
konteynerlarga ruxsat berish tartibiga tegishli masalalar, konteynerlarni
ishlab chiqarishdan keyingi bosqichda ularga ruxsat berish 7-ilova, II-
qism, 15-17-bandlarning shartlari bilan amalda qo‘llanilish yo‘li bilan
hal etilishi kerak.
(TRANS/GE.30/43, 27-band)
9. Ishlab chiqaruvchi-zavod o‘z talabnomasida uning talabnomasi predmeti
hisoblanmish u tomonidan konteynerlarning turiga taqdim etilgan tanitish
Do'stlaringiz bilan baham: |