kengashiga ma’lumot uchun yetkazilishini ta’minlaydi;
l)
xalqaro tashkilotlar tarkibiga kiruvchi milliy kafolat birlashmalari va bojxona
ma’muriyatlari bilan birgalikda Konvensiyaga 10-ilovada ko‘zda tutilgan XYT kitobchasi
ustidan nazorat tizimini boshqaradi va ushbu tizim doirasida vujudga keluvchi
muammolar haqida Ahdlashuvchi tomonlarni va Konvensiyaning vakolatli organlarini
xabardor qiladi;
m)
XYT Konvensiyasi vakolatli organlariga 10-ilova bilan ko‘zda tutilgan nazorat tizimi
munosabati bilan Ahdlashuvchi tomonlarning statistik ma’lumotlarini va ularning
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi;
n)
Konvensiyaning 6.2-bis moddasi bilan muvofiqlikda taqdim etilgan ruxsatnomaning
kuchga kirish yoki uni uzaytirishning oldindan sanasigacha kamida ikki oy oldin,
Ma’muriy qo‘mita tomonidan vakolatlangan va uning nomidan harakatlarni amalga
oshiruvchi, jumladan ushbu bandda ta’riflangan o‘z majburiyatlarini xalqaro tashkilot
tomonidan tan olinishi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiya
tashkiloti va kotibiyati o‘rtasida yozma bitimni tuzadi.
o)
kafolatlarning xalqaro tizimini tashkillashtirilishiga va faoliyat yuritishiga, hamda XYT
kitobchasini nashr qilish va uni tarqatishga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni va hujjatlarni
saqlovchi alohida hisobotlarni va hisoblarni yuritadi;
r)
nafaqat Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatli xizmatlari yoki har qanday boshqa
o‘rnatilgan tarzda vakolatlangan vakolatli organ uchun yuqorida zikr etilgan hisobotlarni
va hisoblarni taqdim etilishini, balki kiritilishiga to‘liq va o‘z vaqtida yordamni ko‘rsatadi
va 8-ilovaning 1-bis moddasining 5- va 6-band bilan muvofiqlikda, Ahdlashuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |