Tir convention Uzbekistan
o‘tilgan shaxsning (shaxslarning) to‘lov majburiyati tufayli yuqorida ko‘rsatilgan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
o‘tilgan shaxsning (shaxslarning) to‘lov majburiyati tufayli yuqorida ko‘rsatilgan
ikki yillik muddat mobaynida ma’muriy yoki sud orqali ko‘rib chiqish predmeti bo‘lgan XYT operatsiyalari holatida, to‘lov to‘g‘risidagi har qanday talabnoma vakolatli organlar yoki sudlarning qarori kuchga kirgan kundan boshlab bir yil mobaynida amalga oshiriladi . (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 11-moddaning 3-bandiga tushuntirish xati 0.11-3-1 Agar qonunchilikda manfaatlarni himoya qilishning vakolatli organlar javobgar bo‘lgan boshqa vositalari nazarda tutilsa, yuk yoki transport vositasini o‘tkazib yuborish masalasini hal etishda ularga kafolat birlashmasi XYT kitobchasi saqlovchisidan undirilishi kerak bo‘lgan kechikishlar uchun bojlar, yig‘imlar va soliqlarni to‘lanishiga javobgar ekanligiga qaramaslik tavsiya etiladi. (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 0.11–3–2 Vakolatli organlar kafolat birlashmasining to‘lov majburiyati tufayli ma’muriy yoki sud muhokamasi qo‘zg‘atilganligi borasida xabardor qilishi mumkin. Har qanday holatda ham vakolatli organlar kafolat birlashmasini ikki yillik muddat o‘tmasdan, cheklangan ushbu muddat tugagunga qadar yakunlanishi mumkin bo‘lgan shu kabi muhokamalar borasida xabardor qiladi. (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 11-moddaning 3-bandiga sharh Bojlar va soliqlarni to‘lash talabnomasi To‘lov talabnomasiga tegishli hujjatlarning nusxalari biriktirilishi kerak. Yukning bir qismiga nisbatan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan holatda, vakolatli organlar 8-moddaning 1 va 2-bandlarida eslatib o‘tilgan undiriladigan boj va yig‘imlarni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani tegishli tarzda mutanosib ravishda to‘g‘rilab chiqishlari lozim. Qayta ko‘rib chiqish huquqiga taalluqli bo‘lgan har qanday milliy qoidalarga zarar yetkazmasdan, kafolat birlashmasi XYT operatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha muqobil dalilni olgan holatda, mazkur birlashma ushbu dalilni XYT operatsiyasi yakunlanmaganligi to‘g‘risida xabardor qilgan vakolatli organlarga taqdim etishi kerak. (ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2010/3/Rev.1, 2-ilova) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling