4. Jo‘natish bojxonasi joylashgan mamlakatning bojxonasi XYT kitobchasini
rasmiylashtirishga qabul qilgan paytdan boshlab, kafolat birlashmasi shu
mamlakatning vakolatli organlariga nisbatan javobgar bo‘lib qoladi. Hududida
XYT tartiblariga rioya qilgan holda yuklarni tashish davom etadigan quyidagi
mamlakatlarda ushbu javobgarlik yuklar olib kirilishi bilan yoki, agar XYT tashish
26-modda 1 va 2-bandlarining qoidalariga muvofiq to‘xtatib turilganda, XYT
tashish yana yo‘l qo‘yiladigan bojxona tomonidan rasmiylashtirish uchun XYT
kitobchasi qabul qilingan paytdan boshlab boshlanadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
5. Kafolat birlashmasi nafaqat XYT kitobchasida sanab o‘tilgan yuklar uchun, balki
ushbu kitobchada sanab o‘tilmagan, lekin yo‘l transport vositasining plombalangan
qismida yoki plombalangan konteynerda mavjud bo‘lgan har qanday yuklar uchun
ham javobgar hisoblanadi. Birlashma boshqa hech qanday yuklar uchun javobgar
bo‘lmaydi.
8-moddaning 5-bandiga tushuntirish xati
0.8.5
Agar kafolat birlashmasiga XYT kitobchasida sanab o‘tilmagan yuklar
uchun talab qo‘yiladigan bo‘lsa, unda tegishli ma’muriy organ nimalar
asosida ushbu yuklar avtotransport vositasining plombalangan qismida
yoki plombalangan konteynerda bo‘lgan deb xulosa chiqargan dalillarini
ko‘rsatishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.6, 1985 yil 1 avgustda kuchga kirgan,
ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
6. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida eslatib o‘tilgan bojlar va yig‘imlarning
summalarini belgilash maqsadida, XYT kitobchasiga kiritilgan yuklarga taalluqli
bo‘lgan ma’lumotlarning aksi isbotlanmaguncha, ular haqiqiy deb tan olinadi.
8-moddaning 6-bandiga tushuntirish xati
0.8.6
1. XYT kitobchasida yuk haqida bojlar va yig‘imlar miqdorini aniqlash
imkonini beruvchi yetarlicha aniq ma’lumotlar yo‘q bo‘lganida,
manfaatdor tomonlar yukning haqiqiy tabiatidan dalolat beruvchi
dalillarni taqdim etishlari mumkin.
2. Agar hech qanday dalillar taqdim etilmasa, bojlar va yig‘imlar yukning
tabiatiga taalluqli bo‘lmagan bir turdagi stavkalar bo‘yicha emas, XYT
kitobchasida ko‘rsatilgan toifadagi yuklarni olib kirish yoki olib chiqish
uchun nazarda tutilgan eng yuqori stavka bo‘yicha undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |