Tir convention Uzbekistan


U yoki bu Ahdlashuvchi tomonning qonunlari va qoidalari bilan yuqorida 1


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

2. U yoki bu Ahdlashuvchi tomonning qonunlari va qoidalari bilan yuqorida 1 
bandda nazarda tutilganidek olib kirish yoki olib chiqish bojlari va yig‘imlarini 
to‘lash nazarda tutilmaydigan holatlarda, kafolat birlashmasi xuddi shu shartlarda 
olib kirish yoki olib chiqish bojlari yoki yig‘imlarining summasiga teng bo‘lgan 
summani va kechikish uchun har qanday foizlarni to‘lab berish majburiyatini o‘z 
zimmasiga oladi.  
8-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati 
0.8.2 
Mazkur bandning qoidalari faqat u yoki bu Ahdlashuvchi tomonning 
qonunlari 
yoki 
qoidalari 
8-moddaning 
1-bandida 
ko‘rsatilgan 
qoidabuzarliklar holatida olib kirish yoki olib chiqish bojlari yoki 
yig‘imlarining o‘rniga ma’muriy sanksiyalarni yoki boshqacha moliyaviy 
choralarni nazarda tutganda qo‘llaniladi. Shunga qaramay, to‘lanishi 
kerak bo‘lgan summa, tegishli bojxona qoidalariga muvofiq yuklar import 
va eksport qilinganida, to‘lanishi kerak bo‘lgan olib kirish yoki olib 
chiqish bojlari va yig‘imlarining summasidan, plyus kechikish uchun har 
qanday foizdan oshmasligi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 
avgustda kuchga kirgan) 
3. Har bir Ahdlashuvchi tomon yuqorida keltirilgan 1 va 2-bandlarning qoidalariga 
asosan bitta XYT kitobchasi bo‘yicha to‘lanishini kafolat birlashmasidan talab qilish 
mumkin bo‘lgan summalarning maksimal miqdorini belgilashi kerak. 
8-moddaning 3-bandiga tushuntirish xati 
0.8.3 
Ahdlashuvchi tomonlarga kafolat birlashmasidan talab qilib olinishi 
mumkin bo‘lgan maksimal summani 
bitta XYT kitobchasiga 100 000 
yevro miqdoriga teng bo‘lgan qiymatga cheklab qo‘yish tavsiya etiladi. 
Quyida sanab o‘tilgan va miqdori quyida ko‘rsatilgan cheklangan 
me’yorlardan oshib ketadigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini 
tashish holatida, bojxona organlariga kafolat birlashmasidan talab qilib 


olinishi mumkin bo‘lgan maksimal summani 200 000 AQSh dollariga 
teng bo‘lgan qiymatgacha oshirish tavsiya etiladi: 
1) Hajmi bo‘yicha kamida 80% toza spirtga ega bo‘lgan 
nodenaturatsiyalangan etil spirti (CC kodi: 22.07.10). 
2) Hajmi bo‘yicha kamida 80% toza spirtga ega bo‘lgan 
nodenaturatsiyalangan etil spirti; spirtlar, likyorlar va boshqa spirtli 
ichimliklar; ichimliklarni tayyorlashda ishlatiladigan spirt asosidagi 
birikmalar (CC kodi: 22.08). 
3) Sigaralar, manila sigaralari va tarkibida tamaki bo‘lgan "sigarilyo" 
turidagi sigaralar (CC kodi: 24.02.10). 
4) Tarkibida tamaki bo‘lgan sigaretalar (CC kodi: 24.02.20). 
5) Har qanday proporsiyada tamaki bo‘lgan yoki bo‘lmagan chekiladigan 
tamaki (CC kodi: 24.03.11 va 24.03.19).
Agar yuqorida eslatib o‘tilgan toifadagi tamaki mahsulotlarining va spirtli 
ichimliklarning 
soni 
quyidagi 
me’yordan 
oshmasa, 
kafolat 
birlashmasidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan maksimal summani 
100 000 yevroga teng bo‘lgan qiymatda cheklash tavsiya etiladi: 
1) 300 litr 
2) 500 litr 
3) 40 000 dona 
4) 70 000 dona 
5) 100 kilogramm. 
Yuqorida keltirilgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning 
aniq miqdorlari (litrlar, donalar, kilogrammlar) XYT kitobchasining yuk 
manifestida ko‘rsatilishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.17; 1994 yil 1 
oktabrda kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.18; 1995 yil 1 avgustda 
kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga 
kirgan. ECE/TRANS/17/Amend.32, 2015 yil 1 yanvarda kuchga 
kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.34, 2018 yil 1 iyulda kuchga kirgan) 
0.8.3 tushuntirish xatiga sharh 
Ularga nisbatan to‘lamaslik xavfi bo‘lgan bojlar va soliqlar 
Bojlar va soliqlar yuklar oddiy XYT kitobchasidan foydalanib
tashilganda 
50 
000 
AQSH 
dollaridan 
va 
yuklar 
"Tamaki 
mahsulotlari/Alkogolli ichimliklar" kitobchasidan foydalanib tashilganda 
200 000 AQSH dollaridan yoki bojxona organlari tomonidan o‘rnatilgan 
boshqa summasidan oshgan holatda ham, Konvensiyaning 4-moddasiga 
binoan, yuklar XYT tartibidan foydalanib tashilganda, olib kirish va olib 
chiqish bojlari va soliqlarini to‘lash yoki depozitga joylashtirish talab 
etilmaydi. 
(TRANS/GE. 30/59, 34 va 35-bandlar; TRANS/WP 30/137, 75-76 bandlar; 


TRANS/WP.30/159, 25-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2010/3/Rev.1, 2-
ilova; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105, 31-band) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling