Tir convention Uzbekistan


-modda  1. XYT operatsiyasi yakunlangan holatda vakolatli organlar


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

11-modda 
1. XYT operatsiyasi yakunlangan holatda vakolatli organlar: 
a) XYT kitobchasida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha XYT kitobchasi 
saqlovchisini yakunlanish to‘g‘risida xabardor qiladi; 
b) kafolat birlashmasini yakunlanish to‘g‘risida xabardor qiladi. Vakolatli 
organlar kafolat birlashmasini ushbu organlar tomonidan rasmiylashtirish uchun 
XYT kitobchasi qabul qilingan sanadan boshlab maksimum bir yil mobaynida 
yoki, 
agar 
XYT 
operatsiyasini 
to‘xtatish 
to‘g‘risidagi 
guvohnoma 
qalbakilashtirilgan bo‘lsa yoxud noqonuniy yoki aldanma tarzda olingan bo‘lsa, 
ikki yil mobaynida xabardor qiladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)


(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 
11-moddaning 1-bandiga tushuntirish xati 
0.11-1 
Yozma ravishda xabardor qilish usuli milliy qonunchilik asosida 
belgilanadi. 
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 
11-moddaning 1-bandiga sharh 
Bojlar va soliqlarni to‘lash  
Olib tashlangan. 
(ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2010/3/Rev.1,Annex 
2;ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105, 31-band) 
Xabardor qilish muddati 
Kafolat birlashmasini XYT operatsiyasi yakunlanmaganligi to‘g‘risida xabardor 
qilish uchun belgilangan muddatning boshlanish hisobi deb uni bojxona 
organlari jo‘natgan sana emas, kafolat birlashmasi yozma xabarnomani olgan 
sana hisoblanadi. Xabarnoma haqiqatan jo‘natilganligi va olinganligini 
tasdiqlash bojxona organlarining vazifasiga kiradi (tasdiqlash usullaridan biri- 
korrespondensiyani qayd qilish).
Agar xabardor qilish sanasining muddati 
tugagan bo‘lsa, unda milliy kafolat birlashmasi yuklar uchun javobgar 
hisoblanmaydi. 
(TRANS/GE.30/AC.2/12, 28-band; TRANS/GE.30/35, 47 va 48-bandlar; 
TRANS/GE.30/GRCC/11, 14 va 15-bandlar) 
Kafolat birlashmasining (kafolat birlashmalarining) xabarnomasi  
XYT operatsiyasi yakunlanmaganda bojxona organlari o‘zlarining 
tegishli milliy kafolat birlashmasini (o‘zlarining tegishli milliy kafolat 
birlashmalarini) 11-moddaning 1 bandida ko‘rsatilgan holatlar haqida 
darhol xabardor qilishlari kerak. 
(TRANS/WP.30/192, 26 band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46 band va 5-
ilova) 
XYT kitobchasi saqlovchisini xabardor qilish 
XYT kitobchasi saqlovchisini xabardor qilishga nisbatan 0.11-1 va 0.11-2 
tushuntirish xatlarida ko‘rsatilgan talab buyurtma xatini yuborish yo‘li 
bilan bajarilishi mumkin.  
(TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-
ilova) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling