etilgan minimal shartlarni va talablarni qoniqtiradigan shaxslarga taqdim etiladi.
Agar ushbu mezonlarga rioya qilish ta’minlanmasa, 38-moddaga ziyon
yetkazmasdan ruxsatnoma olib qo‘yiladi.
(ECE /TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevralda kuchga kirgan)
5. XYT tartibiga kirishga ruxsat mazkur Konvensiyaga 9-ilovaning II-qismida bayon
etilgan tartibga muvofiq taqdim etiladi. (ECE /TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17
fevralda kuchga kirgan)
7-modda
Kafolat birlashmalariga ularning korrespondentlari bo‘lgan xorijiy kafolat
birlashmalari yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan yo‘naltiriladigan XYT
kitobchalarining blankalari olib kirish va olib chiqish bojlari va yig‘imlaridan ozod
etiladi, va olib kirishda va olib chiqishda qandaydir taqiqlar yoki cheklovlarga
uchramaydi.
8-modda
1
. Kafolat birlashmasi- maksimal kafolatlangan summagacha- olib kirish va olib
chiqish bojlari va yig‘imlarini, hamda XYT operatsiyasi tufayli kafolat
birlashmasiga nisbatan shikoyatni keltirib chiqaradigan qoidabuzarlik aniqlangan
Ahdlashuvchi tomonning bojxona qonunchiligiga binoan kechikish uchun
undiriladigan har qanday foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Kafolat birlashmasi yuqorida eslatib o‘tilgan summalarni birdamlik javobgarlik
sifatida undirilishi kerak bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda to‘lash majburiyatini
oladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
8-moddaning 1-bandiga sharhlar
Ma'muriy jarimalar
8-moddaning 1-bandida keltirilgan kafolat birlashmalarining majburiyatlari o‘z
ichiga ma’muriy jarimalarni yoki ma’lum summani to‘lashni nazarda tutadigan boshqa
jarima
sanksiyalarini
kiritmaydi.
(TRANS/WP.30/137,
68-70
bandlar;
TRANS/WP.30/AC.2/29, 3-ilova)
Qo'shimcha summalarni undirish
8-moddaning 1 va 2-bandlari bojxona organlari, zarurat bo‘lganida, kitobcha
egalaridan qo‘shimcha summalarni, masalan, yetkazilgan zarar yoki boshqa jarimalarni
undirishi mumkinligini belgilab beradi
kitobchalar saqlovchilaridan yetkazilgan zarar
yoki boshqa jarimalar uchun. (TRANS/WP.30/135, 52-55-bandlar; TRANS/WP.30/137, 69
band)
Do'stlaringiz bilan baham: |