Tir convention Uzbekistan


kirishda maxsus bojxona hujjati talab etilmaydi. Yo‘l transport vositasi, transport


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

kirishda maxsus bojxona hujjati talab etilmaydi. Yo‘l transport vositasi, transport 
vositasi tarkibi yoki konteyner uchun hech qanday kafolatlar talab etilmaydi. 
2. Mazkur moddaning 1-bandidagi qoidalar Ahdlashuvchi tomonga belgilangan 
bojxonada, XYT operatsiyasi yakunlangandan keyin yo‘l transport vositasi, 
transport vositasi tarkibi yoki konteynerni olib chiqib ketilishini ta’minlash uchun, 
uning milliy qoidalarida nazarda tutilgan rasmiyatchiliklarni talab qilishga hech narsa 
to‘sqinlik qilmaydi.  
15 moddaga tushuntirish xati 
0.15 
Vaqtinchalik olib kirishga bojxona hujjatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi 
talabni yo‘qligi ayrim mamlakatlarda tirkamalar, yarim tirkamalar kabi 
transport vositalari ro‘yxatga olinmasligi tufayli ayrim qiyinchiliklarni 
keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatda 
bojxona organlariga ushbu transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
(markalari va raqamlari) manfaatdor mamlakat foydalanadigan XYT 
kitobchasining 1 va 2-yirtma varaqalarida va tegishli koreshoklarida 
ko‘rsatish yo‘li orqali tegishli kafolatlarni taqdim etib, 15 moddaning 
qoidalariga rioya qilinishi mumkin. 
15-moddaga sharhlar 
Bojxona hujjatlari 
Transport vositalariga kafolatlar ham, hujjatlar ham talab etilmasligi 
tufayli, nazorat uchun tranzit davlatining ikkala chegara bojxonasida 
qoladigan yirtma varaqalar ishlatiladi. Agar transport vositasi vayron 
qilingan bo‘lsa, unda Konvensiyaning 41-moddasidagi qoidalar 
qo‘llaniladi. Agarda transport vositasi shunchaki yo‘qolib qolgan 
bo‘lsa, unda milliy qonunchilikka muvofiq, manzili XYT kitobchasida 
ko‘rsatilgan tashuvchidan kompensatsiya undiriladi. (TRANS/GE.30/10, 
26 va 27-bandlar) 


 
Bojxona tartiblari 
Olib tashlangan. 
(ECE/TRANS/WP.30/294, 44-band) 
XYT 
tashishlarini 
amalga 
oshiruvchi 
shataklarni 
bojxonada 
rasmiylashtirish 
Xorijda ro‘yxatga olingan shatakni vaqtinchalik olib kirish uchun XYT 
kitobchasining saqlovchisi XYT kitobchasining muqovasida va yirtma 
varaqalarida shatakning qayd raqamlarini ko‘rsatishi lozim. XYT 
Konvensiyasining boshqa qoidalarini qo‘llashga zarar yetkazmasdan, 
tashish jarayonida shatak almashtirilishi kerak bo‘lgan hollarda kitobcha 
saqlovchisi XYT kitobchasiga tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim va 
milliy qoidalar asosida belgilangan tartiblarga muvofiq belgilangan 
cheklov muddatlarida bojxona organlari tomonidan ushbu tuzatishlar 
ma’qullanishiga erishishi lozim. Endi XYT tashishlari amalga 
oshirilmaydigan almashtirilgan shatakni amaldagi milliy qonunchilikka 
muvofiq rasmiylashtirish lozim.
(ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2007/6,12band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/91, 
25-band) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling