Tir convention Uzbekistan


-modda  XYT tashishlar yo‘l transport vositasi yoki transport vositasi tarkibi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

16-modda 
XYT tashishlar yo‘l transport vositasi yoki transport vositasi tarkibi 
tomonidan amalga oshirilayotganda ularga mazkur Konvensiyaning 5-ilovasida 
keltirilgan talablarga javob beradigan, "TIR" yozuvi tushirilgan to‘g‘ri 
to‘rtburchakli taxtachalar biriktirilishi kerak; bitta taxtacha yo‘l transport vositasi 
yoki transport vositasi tarkibining oldiga, ikkinchi xuddi shunday taxtacha esa uning 
orqasiga joylashtiriladi. Bu taxtachalar yaxshi ko‘rinadigan qilib joylashtirilishi 
kerak. Ular yechiladigan bo‘lishi kerak yoki shunday konstruksiyalangan bo‘lishi 
kerakki, mazkur tashish XYT tartibiga taalluqli emasligini ko‘rsatish uchun ularni 
to‘ntarib qo‘yish, yopib qo‘yish, taxlab qo‘yish yoki boshqa tarzda ko‘rsatish 
mumkin bo‘lsin.
(ECE/TRANS/17/Amend.16, 
1994 
yil 
24 
iyunda 
kuchga 
kirgan; 
ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
16-moddaga sharh 
TIR taxtachalarining texnik tavsiflari 
TIR taxtachalari qattiq asosga ega bo‘lishi va mazkur Konvensiyaning 
16-moddasi va 5-ilovasidagi talablarga muvofiq ishlab chiqarilishi kerak. 
O‘zi yopishadigan TIR taxtachalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
(TRANS/WP.30/157, 61-band) 
17-modda 
1. Har bir yo‘l transport vositasi yoki konteynerga bitta XYT kitobchasi tuziladi. 
Biroq, yagona XYT kitobchasi bitta transport vositasiga yoki transport vositalari 
tarkibiga ortilgan transport vositalari tarkibiga yoki bir nechta konteynerlarga 
tuzilishi mumkin. Bunday holatda XYT kitobchasining yuk manifestida transport 
vositasining yoki har bir konteynerning bir qismini tashkil etuvchi har bir transport 
vositasining tarkibi alohida ko‘rsatilishi kerak. 



Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling