qanday nizo, tomonlarning bittasi tarafidan quyidagi tarzda tuzilgan arbitraj
sudiga topshiriladi: nizoning har bir ishtirokchisi arbitrni tayinlaydi, va bu
arbitrlar keyinchalik rais bo‘ladigan boshqa arbitrni tayinlaydi. Agar iltimosnoma
olingan kundan boshlab uch oy o‘tib ishtirokchilardan biri arbitrni tayinlamagan
bo‘lsa yoki arbitrlar raisni tayinlamagan bo‘lsa, tomonlarning har qandayi arbitr
yoki arbitraj sudining raisi tayinlanishini so‘rab, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bosh kotibiga murojaat qilishi mumkin.
3. 2-bandning qoidalariga muvofiq tayinlangan arbitraj sudining qarori
bahslashuvchi tomonlar uchun majburiy kuchga ega.
4. Arbitraj sudi o‘zining tartib qoidalarini belgilaydi.
5. Arbitraj sudining qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
6. Arbitraj qarorini talqin qilishga va bajarishga nisbatan bahslashuvchi tomonlar
o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday kelishmovchiliklar har
qanday tomon tarafidan ushbu qarorni chiqargan arbitraj sudiga ko‘rib chiqish
uchun topshirilishi mumkin.
58-modda
Shartlar
1.
Mazkur Konvensiyani imzolash yoki ratifikatsiya qilish yoki unga qo‘shilish
paytida har qanday davlat o‘zini mazkur Konvensiyaning 57-moddasidagi 2-6-
bandlariga bog‘lanmagan deb hisoblashini e’lon qilishi mumkin. Shunday shart
qilgan Ahdlashuvchi tomonga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi tomonlar ushbu
bandlar bilan bog‘lanmaydi.
2. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq shart qilgan har bir Ahdlashuvchi tomon
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yo‘llangan notifikatsiya orqali
istalgan vaqtda ushbu shartni qaytarib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |