Ilova 3
2-ILOVADA KELTIRILGAN QOIDALARDA NAZARDA
TUTILGAN TEXNIK TALABLARGA JAVOB BERADIGAN YO‘L
TRANSPORT VOSITALARIGA RUXSAT BERISH TARTIBI
UMUMIY QOIDALAR
1. Yo‘l transport vositalari quyidagi tartiblardan biri bilan muvofiqlikda
tashishga ruxsat etilishi mumkin:
a) yoki yakka tartibda,
b) yoki konstruksiya turi bo‘yicha (yo‘l transport vositalarining seriyasi).
2. Tashishga ruxsat etilgan har bir transport vositasiga 4-ilovada keltirilgan
namunaga muvofiq keluvchi ruxsat etish to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi. Bu
guvohnoma berilish mamlakati tilida va fransuz yoki ingliz tillarida chop etilgan
bo‘lishi kerak. Guvohnomani bergan vakolatli organ buni zaruriy deb
hisoblaganda, guvohnomaga ushbu organ tomonidan tasdiqlangan fotosuratlar
yoki rasmlar ilova qilinadi. Bunday holatda ushbu hujjatlarning miqdori
guvohnomaning 6-bo‘limida ushbu organ tomonidan ko‘rsatiladi.
2-bandga sharhlar
Guvohnoma egasining nomlanishi
Eganing almashish holatida 8-bo‘limda ko‘rsatilgan "Egasi"
nomlanishi, yangi eganing nomlanishidan farqlanadi. Bu biron bir
tortishuvlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
(TRANS/GE.30/12, 37-band)
Transport vositasining nomlanishi
Guvohnomaga ilova qilinuvchi transport vositasining fotosuratlari
taqdim etiluvchi transport vositasini aniq namoyish etmasligi
mumkin. Bunday holatda mamlakatning hududiga transport
vositasining kirishi taqiqlanishi mumkin emas, chunki fotosuratning
yagona mo‘ljallanishi transport vositasining tashqi ko‘rinishi
ko‘rsatishdan tashkil topgan.
(TRANS/GE.30/12, 38- va 39-bandlar)
Guvohnomaning 5-bo‘limida joyning yetishmovchiligi
Agar 5-ustunda "Boshqa ma’lumotlar" joy yetmagan holatda,
ma’lumot guvohnomaning orqa tomonida havola sifatida
ko‘rsatilishi mumkin.
(TRANS/GE.30/12, 40- va 41-bandlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |