a)
vakolatli organga ushbu organ ko‘zdan kechirishni istagan ushbu turdagi
xuddi o‘sha transport vositasini taqdim etishi;
b)
ushbu turni seriyali ishlab chiqarilishi davomida har qanday payt boshqa
nusxalarni ko‘zdan kechirishga vakolatli organga ruxsat berishi;
c)
vakolatli organga chizmalarga yoki konstruksiyaning ta’riflariga har
qanday hattoki mayda o‘zgartirishlar kiritilishi haqida, ushbu
o‘zgartirishlar amalga oshirilguniga qadar uni xabardor qilishi;
d)
ko‘rinadigan joyda yo‘l transport vositasini ustiga konstruksiya turining
tanituvchi raqamlarini yoki harflarini, hamda ushbu turdagi seriyali
chiqariluvchi transport vositasining tartib raqamini (zavod raqamini)
tushirishi;
e)
ruxsat berilgan turga muvofiq tayyorlangan transport vositalarining
hisobini yuritishi.
13. Vakolatli organ tashishga ruxsat berilishi uchun konstruksiya turida ko‘zda
tutilgan o‘zgartirishlarni kiritish kerak bo‘lgan zaruriy holatlarda ko‘rsatadi.
14. Hech bir transport vositasi konstruksiya turi bo‘yicha ruxsat berilishi
tartibiga binoan, agar vakolatli organ ushbu tur bo‘yicha tayyorlangan bir yoki
bir nechta transport vositalarini ko‘rigi asosida ushbu turdagi transport
vositalari 2-ilovada ko‘zda tutilgan texnik shartlarga javob berayotgan xulosaga
kelmasa, ruxsat berilishi mumkin emas.
15. Vakolatli organ konstruksiya turi bo‘yicha ruxsat berish to‘g‘risidagi o‘z
qarori haqida ishlab chiqaruvchi-zavodni yozma shaklda xabardor qiladi. Ushbu
qaror sanaga, raqamga ega bo‘lishi va uni qabul qilgan organning aniq
nomlanishini saqlashi kerak.
16. Vakolatli organ ruxsat turdagi konstruksiyaga muvofiq ishlab chiqarilgan u
Do'stlaringiz bilan baham: |