Tir convention Uzbekistan
yuqorida ko‘rsatilgani kabi bekor qilinmaguniga qadar, yuklarni tashish uchun
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21. Guvohnomaga har bir kiritilgan belgi bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan va uni kiritish sanasi qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
yuqorida ko‘rsatilgani kabi bekor qilinmaguniga qadar, yuklarni tashish uchun
qayta qo‘llanilishi mumkin emas. 20-bandga tushuntirish xati 3.0.20 Ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomaga belgilarni kiritish tartibi Transport vositasini qoniqarli holatga keltirishdan keyin nosozliklar haqidagi belgini bekor qilinishi kerak bo‘lganda, ushbu maqsad uchun ko‘zda tutilgan "Bartaraf etilgan nosozliklar" 11-bo‘limiga muvofiq vakolatli organning nomlanishi, uning imzosi va shtampi qo‘yilishi yetarli bo‘ladi. 20-bandga sharh Tashishning xavfsizligini ta’minlovchi transport vositasidagi qoplamalar yoki detallarda aniqlangan har qanday nuqsonlar ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomaning 10-bo‘limida ko‘rsatilishi mumkin. (TRANS/GE.30/33, 46-49-bandlar) 21. Guvohnomaga har bir kiritilgan belgi bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan va uni kiritish sanasi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 22. Agar transport vositasi bojxona organlarining fikricha jiddiy xarakterga ega bo‘lmagan va kontrabanda imkoniyatini yaratmayotgan shunday nosozliklarga ega bo‘lsa, u holda ushbu transport vositasining XYT kitobchasini qo‘llash bilan yuklarni tashish uchun kelajakda qo‘llanilishiga ruxsat berilishi mumkin. Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomaning egasi ushbu nosozliklar haqida xabardor qilishi va ongli muddatlarda o‘zining transport vositasini muvofiq tarzda ta’mirlashi kerak bo‘ladi. Ilova 4 YO‘L TRANSPORT VOSITASIGA RUXSAT BERISH TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMANING NAMUNASI Sharhlar Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma A3 formatdagi ikkiga buklangan bir varaq qog‘ozda, yoki A4 formatdagi bir nechta sahifalarda chop etilgan bo‘lishi kerak. Oxirgi holatda barcha sahifalarda vakolatli organning muhri turishi yoki barcha sahifalar ko‘rinadigan izlarni qoldirmasdan biron bir sahifani chiqarib olish mumkin bo‘lmagan shunday tarzda tikilgan bo‘lishi kerak. (ECE/TRANS/WP.30/AC.2/125, 11-bo‘lim) Fotosuratlar yoki chizmalar Agar mazkur Konvensiyaning 4-ilovasiga muvofiq ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomaga fotosuratlar yoki chizmalar ilova qilinayotgan holatda, ular guvohnomani berish paytiga transport vositasining holatiga aniq muvofiq kelishi kerak. (TRANS/WP.30/157, 31-band) Yechiluvchan kuzovlarga ruxsat berish Konvensiyaning 1 j)-moddasiga muvofiq yechiluvchan kuzovlar konteynerlar sifatida ko‘riladi. Shu munosabat bilan, 6-ilovada, 0.1 j) tushuntirish xati, tushunchalar keltiriluvchi yechiluvchan kuzovlar uchun 4-ilovada ko‘zda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomani olish talab etilmaydi. Shunga qaramasdan, 7-ilovaning II-qismi qoidalari bilan muvofiqlikda yechiluvchi kuzovlar ruxsat etish to‘g‘risidagi jadvalchalarga ega bo‘lishi kerak. (TRANS/WP.30/157, 59-band) Bojxona plombalarni tushirilish joylari va miqdori Bojxona xavfsizligini ta’minlash uchun bir bojxona plombasidan ortiq plombalarning tushirilishi talab etilayotgan holatlarda, bunday plombalarning miqdori transport vositasiga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomaning 5-ustunida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak (1975 yilgi XYT Konvensiyasiga 4-ilova). Ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomaga bojxona plombalarining joylashishini aniq sxemasi bilan yo‘l transport vositasining rasmi yoki fotosurati ilova qilinishi kerak. 2003 yil 7 avgustda kuchga kirgan ushbu qoidalar zarurat tug‘ilganida birinchi marta yoki 2.2.1 b) f) tushuntirish xatining kuchga kirganidan keyin ko‘rikdan o‘tkazish va ruxsat berishni yangilashning ikki yilda bir marta o‘tkazilishi munosabati bilan kiritilishi kerak bo‘lgan yo‘l transport vositalariga nisbatan qo‘llanilishi kerak. Binobarin, 2005 yil 7 avgustdan boshlab bojxona xavfsizligini ta’minlash uchun bir bojxona plombasidan ortiq plombalar tushirilishi talab etilgan barcha yo‘l transport vositalarida 2.2.1 b) f) tushuntirish xatiga muvofiq keluvchi ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma mavjud bo‘lishi kerak. (TRANS/WP.30/206, 62-band; TRANS/WP.30/AC.2/69, 2-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/69/Corr.1) Yangi namunadagi guvohnomani kiritish uchun o‘tish davri Birinchi marta ruxsat etilishi kerak bo‘lgan, yoki, muvofiq tarzda, boshqa transport vositalarini ikki yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkazilishi va ularning guvohnomalarini tiklash uchun 1995 yil 1 avgustda kuchga kirgan yangi namunadagi yo‘l transport vositasiga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma talab etilgan yo‘l transport vositalari uchun. (TRANS/WP.30/AC.2/35, 4-ilova). Demak, 1997 yil 1 avgustdan barcha yo‘l transport vositalarining bortlarida yangi namunadagi guvohnoma joylashtirilgan bo‘lishi kerak (TRANS/WP.30/164, 46-48-bandlar; TRANS/WP.30/R.158; TRANS/WP.30/AC.2/37, 42-band va 6-ilova) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling