Tir convention Uzbekistan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova 6 TUSHUNTIRISH XATI
Ilova 5
TIR JADVALCHASI 1. Jadvalchalarning bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘lchami: 250 mm.ga 400 mm. 2. Katta lotin harflaridagi TIR literlari 200 mm balandlikda va chiziqlar kengligi kamida 20 mm bo‘lishi kerak. Literlar moviy fonda oq rangda bo‘lishi kerak. Sharhlar 5-ilovaga muvofiq keluvchi XYT jadvalchasining namunasi quyida keltirilgan. Moviy fonda oq katta harflar ((RAL 5017) (Harflar: balandligi - 200 mm; harf shtrixining qalinligi - kamida 20 mm). Yuqorida ko‘rsatilgani kabi, 5-ilovaga muvofiq keluvchi XYT jadvalchasiga ega bo‘lgan elektron fayl ("inkapsullangan postkript" (EPS) formatida) XYT vebsaytida mavjuddir(http://tir.unece.org) yoki XYT Kotibidan olingan bo‘lishi mumkin. 400 mm 2 5 0 m m (TRANS/WP.30/204, 62-band; TRANS/WP.30/AC.2/69, 3-ilova) / "TIR" qisqartmasi o‘zbekcha "XYT"ga muvofiq keladi Ilova 6 TUSHUNTIRISH XATI Tushuntirish xatlariga kirish i) Mazkur Konvensiyaning 43-moddasiga muvofiq tushuntirish xatlarida mazkur Konvensiya va uning ilovalarining ayrim qoidalarini talqini mavjud. Ular shuningdek, tavsiya etiladigan amaliyotning ayrim turlarini ta’riflagan. ii) Tushuntirish xatlari mazkur Konvensiyaning yoki uning ilovalarining qoidalarini o‘zgartirmaydi, faqatgina ularning mazmunini, ma’nosini va qo‘llash sohasini aniqlab beradi. iii) Xususan, yo‘l transport vositalariga bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishlarga ruxsat berishning texnik shartlariga nisbatan mazkur Konvensiyaning 12 moddasidagi va uning 2 ilovasidagi qoidalar tufayli, tushuntirish xatlarida tegishli holatlarda Ahdlashuvchi tomonlar tarafidan ushbu qoidalarga javob beruvchi sifatida qaralishi kerak bo‘lgan konstruktiv xususiyatlari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar mavjud. Tushuntirish xatlarida shuningdek, tegishli holatlarda, qanday konstruktiv xususiyatlari ushbu qoidalarga javob bermasligi ham ko‘rsatilishi mumkin. iv) Tushuntirish xatlari texnik taraqqiyotni va iqtisodiy tartib talablarini hisobga olgan holda mazkur Konvensiya va uning ilovalarining qoidalarini qo‘llash imkonini ta’minlaydi. Izoh: (6-ilovada saqlanuvchi tushuntirish xatlari ular taalluqli bo‘lgan Konvensiyaning qoidalari bilan birgalikda joylashtirilgan. Tushuntirish xatlariga taalluqli rasmlar mazkur ilovaga kiritilgan). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling