qoplangan konteynerlarga ular qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shunday darajada
taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu konteynerlar mazkur moddaning
qoidalariga javob berishi kerak.
2. Brezent yo mustahkam xolstdan, yo cho‘zilmaydigan, yetarlicha mustahkam,
plastmassa bilan qoplangan yoki rezinalashtirilgan matodan tayyorlangan bo‘lishi
kerak. Brezent soz holatda va konteynerga kirish yopish uchun moslamaning
mahkamlanishi bo‘yicha qo‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan imkonsiz bo‘lgan
shunday tarzda tayyorlangan bo‘lishi kerak.
3. Agar brezent bir nechta bo‘laklardan tuzilgan bo‘lsa, ushbu bo‘laklarning
hoshiyalari biri ikkinchisiga bukilgan va bir biridan kamida 15 mm.ga uzoqlikda
turgan ikki chok bilan tikilgan bo‘lishi kerak. Ushbu choklar mazkur Qoidalarga
ilova qilingan 1-rasmda ko‘rsatilgani kabi shunday tarzda qilingan bo‘lishi kerak;
biroq, agar brezentning ba’zi qismlarida (masalan, ko‘tarma etaklarda va
kuchaytirilgan burchaklarda) ko‘rsatilgan usulda tasmani ulash imkonsiz bo‘lsa,
brezentning tepa qismini hoshiyasini bukish va mazkur Qoidalarga ilova qilingan 2-
rasmda ko‘rsatilgani kabi tasmalarni tikib chiqish yetarli bo‘ladi. Choklardan biri
faqat ichkaridan ko‘rinuvchan bo‘lishi kerak va ushbu chok uchun qo‘llaniluvchi
ipning rangi brezentning o‘zini rangidan, hamda boshqa chok uchun qo‘llaniluvchi
ipning rangidan aniq farqlanib turishi kerak. Barcha choklar mashinada tikib
chiqilgan bo‘lishi kerak.
4. Agar brezent plastmassa bilan qoplangan matoning bir nechta bo‘laklaridan
tuzilgan bo‘lsa, ushbu bo‘laklar, shuningdek, mazkur Qoidalarga ilova qilingan 3-
rasmga muvofiq payvandlash yordamida ulangan bo‘lishi mumkin. Har bir
Do'stlaringiz bilan baham: |