Tir convention Uzbekistan
Brezent mazkur Qoidalarning 1 a) va b) moddalarida ta’riflangan sharoitlar bilan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
6. Brezent mazkur Qoidalarning 1 a) va b) moddalarida ta’riflangan sharoitlar bilan
aniq muvofiqlikda konteynerga mahkamlanishi kerak. Buning uchun quyidagi tizimlar qo‘llanilishi mumkin: a) brezent quyidagilar yordamida mahkamlanishi mumkin: i) konteynerga mahkamlanuvchi metall halqalar, ii) brezentning hoshiyalari bo‘ylab zo‘g‘otalar va, iii) butun uzunlik bo‘ylab tashqi tomondan ko‘rinmaydigan qoplama ustidan halqa orqali o‘tuvchi arqon yoki tros. Brezent konteynerning qattiq qismini hech bo‘lmaganida, agar faqat konteyner konstruksiyasi tizimi o‘z-o‘zidan yuklarga kirishga to‘sqinlik qilmasa, mahkamlovchi halqalarning markazidan o‘lchangan 250 mm kenglikda yopishi kerak. 4-moddaning 6 a) bandiga tushuntirish xati Bojxona nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo‘lgan konteynerning burchak fitinglariga brezentni mahkamlash tizimi 7-ilovaning III-qismiga ilova qilingan rasmda tasvirlangan. b) Agar konteynerga brezent hoshiyalarining birini zich mahkamlanishini ta’minlash zarur bo‘lsa, u holda ikkala yuzalar tirqishlarsiz ulangan va mustahkam detallar yordamida ushlab turilishi kerak bo‘ladi. c) Agar brezentni mahkamlash tizimi qo‘llanilayotgan bo‘lsa, u holda u yopilgan holatida konteynerning tashqi yuzasiga brezentning zich teginib turilishini ta’minlashi kerak (misol sifatida 6-rasmni ko‘ring). (ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 7. Brezent muvofiq konstruksiya bilan (ustunlar, yon tomonlar, arkalar, to‘sinlar va hokazolar) tutib turilishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 4-moddaning 7-bandiga sharh Brezentni tutib turuvchi ustunlar Brezentni tutib turuvchi do‘g‘alar, ba’zida ichi bo‘sh hisoblanadi va yukni yashirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Biroq, konteynerning ko‘pgina boshqa qismlari holatidagidek, ularni har doim tekshirish mumkin. Ushbu sharoitlarda ichi bo‘sh do‘g‘alarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. (TRANS/GE.30/14, 90-band; TRANS/GE.30/12, 100- va 101-bandlar; TRANS/GE.30/6, 41-band; TRANS/WP.30/141, 35-band; TRANS/WP.30/AC.2/31, 3-ilova) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling