3. Konvensiyaga 6-ilovaning 0.1 j) tushuntirish xatida belgilangani kabi yechiluvchan
kuzovlarda derazalarning mavjud bo‘lishiga, ularning yetarlicha mustahkam
materialdan yasalishida va ularni ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan chiqarib olish
yoki almashtirish imkoni bermaydigan shartda, ruxsat beriladi. Shunga
qaramasdan,
oynaning
qo‘llanilishiga
ruxsat
berilishi
mumkin,
biroq
parchalanmaydigan shisha o‘rniga boshqa shishaning qo‘llanilish holatida derazalar
mustahkam qotirilgan metall panjara bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, uni
tashqaridan qismlarga ajratish imkoni yo‘q; panjaradagi uyalarning o‘lchami 10
mm.dan oshmasligi kerak. Konvensiyaga 6-ilovaning 0.1 j) tushuntirish xatida
belgilangani kabi yechiluvchan kuzovlarga taalluqli bo‘lmagan, Konvensiyaning 1 j)
moddasida belgilangan konteynerlarda derazalarning mavjudligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(ECE/TRANS/17/Amend.17 , 1994 yil 1 oktabrda kuchga kirgan)
3-modda
Taxlanuvchan va bo‘linuvchan
konteynerlar
Taxlanuvchan yoki bo‘linuvchan konteynerlar mazkur Qoidalarning 1- va
2-moddalarining shartlariga javob berishi kerak; bundan tashqari, ular
konteynerni yig‘ishdan keyin turli xil qismlarni mahkamlovchi moslamalarga ega
bo‘lishi kerak. Ushbu mahkamlovchi moslamalar, agar ular yig‘ilgan
konteynerning tashqi tomonidan joylashgan bo‘lsa, ularga bojxona muhrlarini va
plombalarini tushirish imkoni mavjud bo‘lgan shunday konstruksiyaga ega bo‘lishi
kerak.
4-modda
Brezent bilan qoplangan
konteynerlar
1.
Mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-moddalarini qoidalari brezent bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |