izlarini
qoldirmasdan chiqarib olinishi yoki u yerga yuklanishi imkoni bo‘lmasligi
uchun;
b)
bojxona muhrlari va plombalari oddiy va ishonchli usulda tushirilishi
mumkin bo‘lishi uchun;
c) ularda yuklarni yashirish uchun hech qanday yashirin joylar bo‘lmasligi
uchun;
d)
yuklar joylashtiriluvchi barcha joylar bojxona tekshiruvi uchun oson bo‘lishi
uchun.
1-moddaga sharh
Konteynerlardagi markirovka
Konteynerlarni devorlaridan yoki brezentidan olib tashlanishi mumkin
bo‘lmagan yozuvlar, trafaretlar, yorug‘lik qaytaruvchi materialdan
chiziqlar va boshqa ularga o‘xshash belgilarga, agar ular
yaqqol farqlanuvchi bo‘lib qolishi kerak bo‘lgan devor yoki brezentning
strukturasini yopmayotgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Konteynerdagi
tirqishni yashirishi mumkin bo‘lgan yopishtirma yorliqlar va boshqa
ularga o‘xshash belgilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(TRANS/GE.30/57, 45-band; TRANS/WP.30/141, 35-band;
TRANS/WP.30/AS.2/31, 3-ilova)
2-modda
Konteynerlarning
konstruksiyasi
1. Mazkur Qoidalarning 1-moddasini talablarini qoniqtirish uchun:
a)
konteynerning tarkibiy elementlari (devorlar, pol, eshiklar, tom, ustunlar,
ramalar, ko‘ndalang elementlar va hokazolar) yo tashqaridan yechib
olinishi va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan joyiga o‘rnatilishi mumkin
bo‘lmagan moslamalar yordamida, yo ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan shunday konstruksiyani ta’minlovchi
usul yordamida ulanishi kerak. Devorlar, pol, eshiklar va tom turli
materiallardan tayyorlangan bo‘lganida, ular xuddi o‘sha talablarga javob
Do'stlaringiz bilan baham: |