bo‘lakning hoshiyasi boshqa bo‘lakning hoshiyasini hech bo‘lmaganda 15 mm.ga
yopishi kerak. Bo‘laklarning ulanishi butun ushbu kenglik bo‘yicha ta’minlangan
bo‘lishi kerak. Ulanishning tashqi hoshiyasi payvandlashning xuddi o‘sha usulida
ulanuvchi hech bo‘lmaganda 7 mm kenglikdagi plastmassa tasma bilan qoplangan
bo‘lishi kerak. Ushbu tasmada, hamda uning har bir tomonidan, kenglik bo‘ylab
hech bo‘lmaganida 3 mm.dan bir tusdagi aniq relyef bosib chiqilgan bo‘lishi kerak.
Payvandlash bo‘laklar uzilishi va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan qayta ulanishi
mumkin bo‘lmagan shunday tarzda amalga oshiriladi.
4-moddaning 4-bandiga sharhlar
Plastmassadan tasma
Plastmassadan tasmaning majburiy mavjud bo‘lish talabi juda ham
ahamiyatlidir, binobarin, unga beparvolik bilan qarash mumkin emas.
(TRANS/GE.30/17, 99-band; TRANS/WP.30/141, 35-band;
TRANS/WP.30/AC.2/31, 3-ilova)
Brezent hoshiyalarini kesishuvchan ulash
Bojxona xavfsizligi maqsadi uchun brezent hoshiyalarini kesishuvchan
ulash kengligining 15 mm.dan kam bo‘lmasligiga qaramasdan yetarlicha
hisoblanadi, kesishmaning 20 mm va undan ortiq kengligiga yo‘l
qo‘yiladi, uning zarurati brezent qanday materialdan yasalganligi, uni
payvandlash usuliga bog‘liq holda texnik sabablar bilan ifoda etilishi
mumkin.
(TRANS/WP.30/162, 64- va 65-bandlar, TRANS WP.30/AS.2/37, 6-ilova)
Brezent bo‘laklarini payvandlash usullari
Bojxona nuqtai nazaridan xavfsiz sifatida tan olinuvchi brezentning
bo‘laklarini payvandlash usullariga, agar ular Konvensiyaga 2-ilovaning
qoidalariga muvofiq qo‘llanilayotgan bo‘lsa, brezentning payvandlanishi
yuqori haroratlar yordamida amalga oshirilganida "payvandlashning
issiqlik usuli", va brezentning payvandlanishi yuqori chastota va bosim
yordamida amalga oshirilganida "yuqori chastotali payvandlash usuli"ga
tegishlidir.
(TRANS/WP.30/162, 64- va 65-bandlar, TRANS WP.30/AS.2/37, 6-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |