raqamlari va harflarini ko‘rsatishi kerak.
10. Ushbu talabnomaga ruxsat berish kerak bo‘lgan konteynerga nisbatan
konstruksiya turi chizmalari va batafsil ta’riflari ilova qilinishi kerak.
11. Ishlab chiqaruvchi-zavod quyidagi yozma majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi
kerak:
a)
vakolatli organga ushbu organ ko‘zdan kechirishni istagan ushbu turdagi
xuddi o‘sha konteynerlarni taqdim etishi;
b)
ushbu turni seriyali ishlab chiqarilishi davomida har qanday payt boshqa
nusxalarni ko‘zdan kechirishga vakolatli organga ruxsat berishi;
c)
vakolatli organni konstruksiya chizmalariga va ta’riflariga har qanday
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida, ularning har qanday muhimlikka ega
bo‘lishida, ushbu o‘zgartirishlar amalga oshirilguniga qadar, xabardor qilish;
d)
konteynerlarga, ruxsat berish to‘g‘risida taxtachalar uchun ko‘zda tutilgan
belgilardan tashqari, konstruksiya turini tanituvchi raqamlarni va harflarni,
hamda ushbu turda har bir seriyali ishlab chiqariluvchi konteynerlarning
tartib raqamni (zavod raqamini) ko‘rinib turuvchi joyga tushirish;
e)
ruxsat berilgan tur bilan muvofiqlikda qurilgan konteynerlarning hisobini
yuritish.
12. Vakolatli organ tashishga ruxsat berilishi uchun konstruksiya turida ko‘zda
tutilgan o‘zgartirishlarni kiritish kerak bo‘lgan zaruriy holatlarda ko‘rsatadi.
13. Hech bir konteyner konstruksiya turi bo‘yicha ruxsat berilishi tartibiga binoan,
agar vakolatli organ ushbu tur bo‘yicha qurilgan bir yoki bir nechta konteynerlarni
ko‘rigi asosida ushbu turdagi konteynerga 2-ilovada ko‘zda tutilgan texnik
shartlarga javob berayotgan xulosaga kelmasa, ruxsat berilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |