14. Konteynerning biron bir turiga ruxsat berishdan keyin talabnoma
rasmiylashtirgan korxonaga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma beriladi, u mazkur
qismning 2-qo‘shimchasida keltirilgan II-namunaga muvofiq keladi va ruxsat etilgan
turdagi tasniflanishlarga muvofiq quriladigan barcha konteynerlar uchun haqiqiy
hisoblanadi. Ushbu guvohnoma mazkur qismning 5-bandida ko‘zda tutilgan ruxsat
berish to‘g‘risida taxtachani ushbu turdagi har bir seriyali konteynerga mahkamlash
huquqini beradi.
Ishlab chiqarishdan keyingi bosqichda ruxsat berishga taalluqli maxsus qoidalar
15. Agar ishlab chiqarish bosqichida konteynerlarga ruxsat berish to‘g‘risida
talabnoma kiritilmagan bo‘lsa, mulkdor, konteynerlarni ishlatish bo‘yicha korxona
yoki uning yoki buning vakili vakolatli organga iltimosnoma bilan murojaat
qilishlari mumkin, unga ular ruxsat berish so‘ralayotgan konteyner yoki
konteynerlar taqdim etishlari mumkin.
16. Mazkur qismning 15-bandida ko‘zda tutilgan holatda ruxsat berish to‘g‘risida
har qanday talabnoma, har bir konteynerga ishlab chiqaruvchi-zavod tomonidan
tushiriluvchi tartib raqamiga (zavod raqamiga) ega bo‘lishi kerak.
17. Vakolatli organ konteynerlarning shunday miqdorini ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li
bilan, I-qism bilan ko‘zda tutilgan texnik sharoitlarga ushbu konteyner yoki ushbu
konteynerlar javob berishida ishonch hosil qilish zarur deb hisoblasa, u mazkur
qismga 3-qo‘shimchada keltiriluvchi III-namunaga muvofiq keluvchi, va ruxsat
berilgan konteynerlarning faqat o‘sha miqdori uchun haqiqiy bo‘lgan ruxsat berish
to‘g‘risida guvohnomani taqdim etadi. Ushbu tegishli bo‘lgan konteynerga yoki
konteynerlarga ishlab chiqaruvchi-zavod tomonidan berilgan tartib raqami yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |