10-modda *
XYT Ijroiya kengashi:
a)
Konvensiyaning qo‘llanilishi, jumladan kafolatlar tizimining faoliyat yuritishi
ustidan kuzatadi, va unga Konvensiya va Ma’muriy qo‘mita tomonidan
yuklatilgan funksiyalarni bajaradi;
b)
birlashmalar orasida XYT kitobchasini markazlashgan tartibda chop
etilishini va tarqatilishi bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi, u 6-moddada qayd
etilgan vakolatlangan xalqaro tashkilotlarining birida bajarilishi mumkin;
10-moddaning b) bandiga tushuntirish xati
8.10 (b) 6.2-bis-moddaga tushuntirish xatida eslatib o‘tilgan bitim, shuningdek,
mazkur moddaning b) bandostida keltirilgan, agar XYT kitobchalarini
markazlashgan chop etilishi va tarqatilishi yuqorida zikr etilgan xalqaro
tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan holatda, xalqaro tashkilotning
mas’uliyatiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.27, 2006 yil 12 avgustda kuchga kirgan)
c)
Ahdlashuvchi tomonlarning vakolatli organlari o‘rtasida tezkor va boshqa
axborotlar bilan almashuvini muvofiqlashtiradi va uning rivojlantirilishiga
yordam beradi;
d)
Ahdlashuvchi tomonlarning vakolatli organlari, birlashmalar va xalqaro
tashkilotlar o‘rtasida axborotlar almashinuvini muvofiqlashtirishda va uni
rivojlantirishga yordam beradi;
e)
tortishuvlarni tartibga solish to‘g‘risidagi 57-modda uchun zarar
yetkazmasdan Ahdlashuvchi tomonlar, birlashmalar, sug‘urta kompaniyalari
va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi tortishuvlarni tartibga solinishiga
ko‘maklashadi;
f)
bojxona organlari va XYT tartibiga aloqador bo‘lgan boshqa manfaatdor
tomonlarning xodimlarini tayyorgarligida qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |