g)
6-moddada zikr etilgan xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan
markazlashtirilgan ro‘yxatdan o‘tishni Ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida
tarqatilishi maqsadida, ular 9-ilovada ta’riflangan minimal shartlar va
talablarga nisbatan shunday darajada birlashmalar tomonidan XYT
kitobchasini berilishini rejalashtiruvchi barcha belgilangan qoidalar va
tartiblar haqidagi axborotlarni yuritadi;
h) XYT kitobchalariga narxlar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
11-modda *
1. Kengash sessiyasi Ma’muriy qo‘mitaning yoki eng kamida Kengashning uchta
a’zolarining iltimosi bo‘yicha XYT Kotibi tomonidan chaqiriladi.
2. Kengash kelishuv asosida qaror qabul qilishga intiladi. Agar kelishuvga kelish
imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, ular ular ovoz berishga chiqariladi va ovoz berishda
qatnashuvchi va ishtirok etuvchilarning ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Qarorlarni qabul qilish maqsadlari uchun beshta a’zodan kvorum talab etiladi. XYT
Kotibi ovoz berish huquqiga ega emas.
*(ECE/TRANS/17/Amend.19, 1999 yil 17 fevraldan kuchga kirgan)
3. Kengash Raisni saylaydi va tartibning o‘z ixtiyoridagi qoidalarini qabul qiladi.
4. Kengash o‘z faoliyati haqida hisobot beradi, jumladan yiliga kamida bir marta
Ma’muriy qo‘mita oldida yoki Ma’muriy qo‘mitaning iltimos bo‘yicha tekshirilgan
moliyaviy hisobotlarni taqdim etadi. Kengash Ma’muriy qo‘mitada o‘z Raisi
tomonidan taqdim etiladi.
5. Kengash Konvensiyaning 6-moddasida zikr etilgan Ma’muriy qo‘mita,
Ahdlashuvchi tomonlar, XYT Kotibi, milliy birlashmalar va xalqaro tashkilotlar
tomonidan unga yuboriluvchi har qanday axborotlarni va so‘rovlarni ko‘rib chiqadi.
Ushbu xalqaro tashkilotlar, agar Rais boshqa qaror qabul qilmasa, kuzatuvchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |