xizmatlarini taqdim etadi.
3-modda
Har yili o‘zining birinchi sessiyasida Qo‘mita Raisni va rais o‘rinbosarini
saylaydi.
4-modda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi har yili Yevropa iqtisodiy
komissiyaning rahbarligi ostida, hamda Ahdlashuvchi tomonlar hisoblanuvchi
kamida beshta mamlakatlarning vakolatli ma’muriyati iltimosi bo‘yicha Qo‘mitani
chaqiradi.
5-modda
Takliflar ovoz berishga qo‘yiladi. Sessiyada taqdim etilgan Ahdlashuvchi
tomon hisoblanuvchi har bir mamlakat bir ovozga ega. Mazkur Konvensiyaga
tuzatishlarni kiritish haqidagi takliflar hisoblanmaydigan takliflar, ishtirok
etuvchilarning va ovoz beruvchilarning ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Mazkur Konvensiyaning 59- va 60-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan mazkur
Konvensiyaga tuzatishlar va qarorlar ishtirok etuvchilar va ovoz beruvchilarning
uchdan ikkidan ko‘pchiligi bilan qabul qilinadi.
6-modda
Qarorni qabul qilish uchun Ahdlashuvchi tomonlar hisoblanuvchi
mamlakatlarning kamida uchdan birini tashkil etuvchi kvorum zarurdir.
(ECE/TRANS/17/Amend.16, 1995 yil 25 iyunda kuchga kirgan).
7-modda
Sessiyani yopishdan avval Qo‘mita o‘zining ma’ruzasini tasdiqlaydi.
8-modda
Mazkur ilovada o‘rnatilgan tarzdagi qoidalarning mavjud bo‘lmasligida,
agar Qo‘mita boshqa qarorga kelmasa, Yevropa iqtisodiy komissiyaning tartiblari
qoidalari qo‘llaniladi.
XYT IJROIYA KENGASHINI TARKIBI, FUNKSIYALARI VA TARTIB-
QOIDALARI
9-modda *
1. 58-ter moddasiga muvofiq Ma’muriy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan XYT
Do'stlaringiz bilan baham: |