Ilova 8
XYT MA’MURIY QO‘MITASI VA IJROIYA KENGASHI TARKIBI,
FUNKSIYALARI VA TARTIB-QOIDALARI*
MA’MURIY QO‘MITANING TARKIBI, FUNKSIYALARI VA TARTIB-
QOIDALARI*
1-modda
i) Ahdlashuvchi tomonlar Ma’muriy qo‘mitaning a’zolari hisoblanadi.
ii) Qo‘mita Ahdlashuvchi tomonlar hisoblanmaydigan, mazkur Konvensiyaning
52-moddasining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlarning vakolatli organlariga,
yoki xalqaro tashkilotlarning vakillariga ularni qiziqtiruvchi masalalar muhokama
qilinayotgan vaqtda kuzatuvchilar sifatida Qo‘mitaning sessiyalarida ishtirok etishga
ruxsat berishi mumkin.
1-bis moddasi*
1. Qo‘mita 59-moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq Konvensiyaga har qanday
taklif etilgan tuzatishni ko‘rib chiqadi.
2. Qo‘mita Konvensiyaning qo‘llanilishi ustidan kuzatib boradi va Konvensiya
doirasida Ahdlashuvchi tomonlar, birlashmalar va xalqaro tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriluvchi har qanday choralarni o‘rganadi, va ularning uning qoidalariga
muvofiq kelishini tekshiradi.
3. XYTning Ijroiya kengashi yordami orqali Qo‘mita milliy va xalqaro darajalarda
Konvensiyaning qo‘llanilishi ustidan kuzatuvni olib boradi va uni amalga
oshirilishida yordam ko‘rsatadi.
4. Qo‘mita 9-ilovaning III-qismi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadida
xalqaro tashkilot tomonidan taqdim etiluvchi yillik tekshirilgan moliyaviy
hisobotlarni va auditorlik xulosalarini qabul qiladi va tahlil qiladi. O‘zining tahlili
davomida va doirasida Qo‘mita xalqaro tashkilotdan yoki mustaqil tashqi
auditordan qo‘shimcha ma’lumotlarni, izohlarni yoki hujjatlarni so‘rab olishi
mumkin.
5. 4-bandda ko‘rsatilgan tekshirishlar uchun zarar yetkazmasdan, Qo‘mita xavflarni
Do'stlaringiz bilan baham: |